Qurbon hayiti bayrami arafasida xayr-saxovat işlari amalga oşirilmoqda
Muborak Qurbon hayitining xalqimizga xos bölgan insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va özaro hamjihatlik kabi fazilatlarni qaror toptirişdagi muhim ahamiyatini eʼtiborga olib hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni uluğlaş maqsadida 2021-yilda 13-iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurbon hayitini nişonlaş töğrisida”gi qarori imzolandi.
Mazkur qaror bilan 2021-yilda Qurbon hayitining birinçi kuni 20-iyul – seşanbaga töğri kelişi munosabati bilan, mamlakatimizda 20-iyul sanasi Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli Farmoni bilan 2021-yil 21–22-iyul kunlari ham dam oliş kunlari sifatida belgilandi.
Aytiş kerakki, xalqimizda azal-azaldan şunday uluğ ayyom kunlarida keksalar, boquvçisini yöqotganlar, yordamga muhtoj, ehtiyojmand kişilar holidan xabar oliş, ularni bayram bilan tabriklaş, sovğa-salomlar ulaşiş, xayr-ehson qiliş, mehr-saxovat ulaşiş milliy anʼanaga aylangan.
Amudaryo tumanidagi sektorlar rahbarlari taşabbuslari bilan Qurbon hayiti ayyomi arafasida moddiy va maʼnaviy kömakka muhtoj yurtdoşlarimiz holidan xabar olinib, ularga bayram sovğalari berildi. Sektorlar rahbarlari tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan, ehtiyojmand, “Temir daftari”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”ga kiritilgan insonlar holidan xabar oldilar.
Masʼullar uyma-uy yuriş orqali yurtdoşlarimizning yaşaş şaroitlari bilan tanişdilar. Aholi bilan dildan suhbat qurib, ularning muammolarini tingladilar hamda uluğ Qurbon hayiti ayyomi bilan samimiy tabrikladilar. Mutasaddilar bayram sovğasi sifatida turli xil oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat jamlanmalarni hamyurtlarimizga taqdim etdilar. Tumandagi törtta sektor hududidagi jami 400 nafarga yaqin ijtimoiy himoyaga, maʼnaviy kömakka muhtoj kişilar xayr-saxovat işlari davomida har tomonlama qöllab-quvvatlandi.
Tuman hokimi, birinçi sektor rahbari Sultonboy Yöldaşev uşbu xayr-saxovat işlari mobaynida uyma-uy yuriş orqali 1-sektor hududida yaşovçi “Temir daftari”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari”ga kiritilgan insonlarning yaşaş şaroitlari, hayot tarzi bilan yaqindan tanişdi. Yurtdoşlarimiz tuman hokimi bilan suhbat çoğida özlariga qaratilayotgan bu kabi yuksak eʼtibor hamda har tomonlama körsatilayotgan kömakdan turmuş tarzi tobora yaxşilanib borayotgani aytib, minnatdorçilik izhor etdilar.
Şu kabi xayrli işlar Özbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölimi tomonidan ham amalga oşirildi. Bölim masʼullari tumanimiz faollari tomonidan tumanimizdagi yettita mahallarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvçisini yöqotgan, kam taʼminlangan kişilar holidan xabar olinib, bayram sovğalari berildi.
Masʼullari tumandagi Arna böyi, Farovon, Çordara, Navoiy, Xizr eli, Yuqori qişloq, Yangiobod mahallalarida yaşovçi ehtiyojmand insonlarning axvolidan xabar oldilar va bayram bilan tabrikladilar. Moddiy va maʼnaviy kömakka muhtoj kişilarga bayram sovğasi sifatida bir qop un hamda 5 litr ösimlik yoği berildi. Hamyurtlarimiz bu kabi xayrli işdan ğoyat xursand böldilar hamda minnatdorçilik izhor etdilar.
Taʼkidlaş kerakki, hayit ayyomi – xayr-ehson, saxovat, mehr-muruvvat bayrami bölib, jamiyatda kişilar örtasida tenglik, totuvlik kabi insoniy fazilatlar rivoj topişida xizmat qiladigan xayr-saxovat işlarini amalga oşiradigan kundir. Uluğ ayyom kunlarida kişilarga, ayniqsa, köngli öksik insonlarga köngilni kötaruvçi bir oğiz şirin söz hamda yaxşi muomala ham tuhfa, ayni paytda savob işdir.
Yutdoşlarimiz mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib çiqib, karantin talablariga amal qilgan holda Qurbon hayiti bayrami bilan yaqinlarini, qarindoş-döstlarini özaro iliq sözlar bilan yöqlaşi, masofadan turib yaqinlari holidan xabar olişi esa koronavirus pandemiyasi xavf solib turgan bugungi kunning talabidir.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶