Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda
Bugungi kunda suv taqchilligi muammosini yumshatishda tumanimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Suv yetib borishi qiyin boʻlgan ovul va mahallalarda yashovchi aholi vakillarining muammolarini hal qilishda amaliy ishlar qilinmoqda. Amudaryo tumanidagi suv yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan hududlardan biri Nazarxon ovulida yashovchi aholining muammolari oʻrganilib, ularga tegishli yechim topildi hamda hal etildi.
Shu maqsadda insonlar muammolariga barham berish, hudud aholisini ichimlik hamda oqar suv bilan taʼminlash uchun tuman hokimligi masʼullari, tumandagi aholini ichimlik suvi hamda qishloq xoʻjalik mahsulotlarini oqar suv bilan taʼminlashga masʼul boʻlgan korxona-tashkilotlar mutasaddilaridan iborat ishchi guruh shakllantirildi. Ishchi guruh vakillari Nazarxon ovuliga borib, muammoni keltirib chiqaruvchi sabablar hamda uning oqibatlarini oʻrgandi.
Aytish kerakki, Nazarxon ovuli aholisini suv bilan taʼminlovchi Xoʻja yop kanaliga suv manbayi Nazarxon arna kanalidan kelib tushadi. Nazarxon arna kanali Miskin hamda Chilpiq nasos stantsiyalari orqali suv bilan taʼminlanadigan boʻlib, mazkur stantsiyalarning har birida ikkitadan jami 4 ta suv nasoslari mavjud. Nazarxon arna kanalini suv bilan taʼminlashda mazkur suv nasoslarining barchasi ishga tushirilmaganligi hamda kanalga toʻliq quvvatda suv berilmaganligi tufayli Nazarxon ovuli aholisi hamda qishloq xoʻjaligi maydonlariga suv yetkazib berishda qator muammolar kelib chiqqan.
Bugungi kunda tabiiy iqlim sharoitining keskin oʻzgarishi natijasida nafaqat Amudaryo tumanida, balki respublikaning barcha tumanlarida suv taqchilligi muammosi kuzatilayotganligi sababli Miskin hamda Chilpiq nasos stantsiyalaridagi suv nasoslarining ikkitasidan shimoliy tumanlarga suv yetkazib berish maqsadida foydalanilmoqda.
Nazarxon ovuli aholisini suv bilan taʼminlashda kelib chiqayotgan muammolarni bartaraf qilish borasida amaliy ishlar qilinmoqda. Xususan, ovul aholisiga suv yetkazib beruvchi Xoʻja yop kanalini hashar yoʻli bilan tozalash ishlari olib borildi. Shuningdek, joriy yilda Nazarxon arna kanalida qazish, taʼmirlash-tiklash ishlari rejalashtirilgan boʻlib, ularni amalga oshirish maqsadida ikkita ekskavator jalb qilindi hamda qazish ishlari boshlab yuborildi. Ekskavatorlar orqali kanaldagi toʻplanib qolgan loy, chiqindilar tozalanmoqda.
Olib borilgan shu kabi samarali chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 13-iyul sanasida Nazarxon ovuli aholisi suv bilan taʼminlandi. Hozirda ovuldagi aholi tomorqalari toʻliq sugʻorildi hamda uchta fermer xoʻjaliklarining paxta dalalarini sugʻorish ishlari olib borilmoqda.
Nazarxon arna kanalini taʼmirlash-tiklash ishlari yakuniga yetkazilgach, ovul axolisini suv bilan taʼminlash boʻyicha muammolarga toʻliq barham beriladi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶