SIFATLI VA TEZKOR DAVLAT XIZMATLARIDAN AHOLI MAMNUN
Respublikamizning barcha hududlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga sifatli, tezkor, shaffof davlat xizmatlari koʻrsatilib, tizim faoliyati yanada takomillashtirilmoqda.
Prezidentimizning 2017-yil 12-dekabrdagi Qarori bilan Davlat xizmatlari markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan dastlabki vaqtda 33 turdagi davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlsa, bugunga kelib xizmat turlari 160 taga yaqinlashdi. Davlat xizmatlarining har bir turi boʻyicha «Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi» tamoyili asosida davlat xizmatlari koʻrsatish mexanizmining shakllantirilishi ortiqcha, keraksiz hujjatlar yigʻishni bartaraf etmoqda.
Tumanimizdagi Davlat xizmatlari markazi ham aholi uchun qulay hududda joylashgan. Zamonaviy va koʻrkam binoda joylashgan markaz axborot kommunikatsiya jihozlari va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlangan.
Markazi tomonidan shu yilning 1 yarim yilligida 49 866 jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmat koʻrsatildi. Shu jumladan, 2035 ta elektron raqamli imzo ochildi. Davlat roʻyxatdan 601 tadbirkorlik subʼektlari oʻtkazilgan boʻlib, shundan yuridik shaxslar – 171 tani, yakka tartibdagi tadbirkorlar – 430 tani tashkil qiladi. Tadbirkorlik subektlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish 103 tadan iborat boʻlsa, yuridik shaxslar 74, yakka tartibdagi tadbirkorlar 29 nafarini tashkil qiladi. Tadbirkorlik subʼektlarini davlat reyestridan chiqarish esa 69 ta boʻldi. Ularning 25 nafari yuridik shaxslar, 44 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlardir.
Oʻtgan davr mobaynida targʻibot tadbirlari davomida koʻrsatilgan sayyor davlat xizmatlari soni 2296 ni tashkil qiladi. Shuningdek, 55 marotaba taʼlim muassalarida seminar, tumandagi 49 ta mahallada, 11 ta mehnat jamoalarida sayyor qabul tashkil kilindi. Amalga oshirilgan targʻibot tadbirlarida 1706 ga yaqin fuqarolar qatnashib, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish koʻnikmalari haqidagi tushunchalarga ega boʻldilar. Oʻtkazilgan targʻibot tadbirlarida 1448 ga yaqin bukletlar ham tarqatildi.
Markazning shu davrga qadar moʻljallangan ish rejasining ijrosini taʼminlash, oʻtgan yil davomida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish, kelgusidagi vazifalarni belgilab olish masalalari kengaytirilgan yigʻilishda muhokama qilinib, oʻz muddatida amalga oshirish choralari koʻrilgan edi.
Shunga koʻra, tuman hokimligida davlat xizmati koʻrsatishda vakolatli organlarning masʼul xodimlari ishtirokida oʻtgan davr mobaynidagi davlat xizmatlari koʻrsatishda yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.
Undan tashqari, Davlat xizmatlari markaziga tegishli xizmatlardan foydalanish uchun murojaat qilish madaniyatini shakllantirish, markazlarga elektron shaklda murojaat qilishning qulayliklari va ahamiyatini tushuntirish maqsadida uyushmagan yoshlar ishtirokida Markaz binosida seminar tashkil etilib, ularda elektron davlat xizmatlaridan foydalanish koʻnikmalari shakllantirildi. Shuningdek, taʼlim muassasalariga borgan holda va nlayn ravishda bitiruvchi yoshlarda zarur bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan «Davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyati» mavzusidagi oʻquv-seminarlar, ochiq darslar oʻtkazildi.
Ovul va mahallalarga tashrif buyurgan holda davlat xizmatlaridan elektron foydalanishni ommalashtirish maqsadida aholi oʻrtasida uchrashuvlar tashkil etilib, elektron raqamli imzo kalitini olish, elektron roʻyxatdan oʻtish, subsidiya olish xizmatlaridan foydalanish kabilar keng tushuntirilmoqda.
Markaz tomonidan koʻrsatilayotgan sifatli va tezkor xizmatlardan tumanimiz aholisi juda mamnun. Zero, mamlakatimiz rahbarining “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulugʻvor gʻoyasini soʻzsiz amalga oshirish va aholiga qulaylik yaratish markaz xodimlarining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Sarvar Haytboyev, tuman Davlat xizmatlar markazi boʻlim boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶