Muvofiqlashtiruvchi kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 7-iyul sanasida Amudaryo tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Idoralararo kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishga tuman prokurori, adliya maslahatchisi Javlon Muftullayev raislik qildi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi boʻlim boshligʻi Yangaboy Babadjanov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy Departamenti Qoraqalpogʻiston Respublikasi tuman boʻlimi xodimlari, tuman IIB xodimlari, MIB tuman boʻlim xodimlari, tuman hokimligi, tumandagi barcha nazorat qiluvchi idoralar, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi xodimlari mahallalar masʼullari ishtirok etdilar.
Yigʻilish kun tartibida tuman hududida 2021-yilning 6 oyida tumanda qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarni belgilab olish masalasi muhokama qilindi. Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman prokurori Javlon Muftullayevning axboroti tinglandi.
Axborotda taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, ularning Xalq oldida hisobdorligini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish eng ustuvor masalalardan sanalib, tizimli ishlar qilinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu borada muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilmoqda.
Qayd etilishicha, oʻtgan davr mobaynida tuman prokuraturasi tomonidan olib borilgan keng koʻlamli ishlar, nazorat tadbirlari natijalariga koʻra, jami 232 ta prokuror nazorati hujjati qoʻllanilib, ularning muhokamasiga koʻra 69 nafar shaxs intizomiy, 61 nafar shaxs maʼmuriy va 5 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek, tergov va nazorat tadbirlarida davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan jami 1 mlrd. 230 mln. 718ming soʻmlik zarar ixtiyoriy undirilib, 301 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklanishi taʼminlangan.
Shuningdek, oʻtkazilgan tekshirishlarda tumanda turli sohalarda qator qonun buzilish holatlari aniqlanib, tegishli jazo choralari qoʻllanilgan. Jumladan, shunday holatlardan biri tuman Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan ish faoliyatida bir qator qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligidir.
Aytish kerakki, tumanda 2178 ta yuridik shaxs hamda 1514 ta yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlib, ulardan 1050 ta yuridik shaxs hamda 857 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, ushbu tadbirkorlarga qoʻllanilishi zarur boʻlgan imtiyozlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri qoʻllanilganligi oʻrganilganda qator qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
Tuman Davlat soliq inspektsiyasi masʼul xodimlari tomonidan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga kamaytirib hisobot topshirishi mumkinligi toʻgʻrisida tushuntirish berilmaganligi natijasida qonunda belgilangan 35 mln. 109 ming soʻmlik soliq imtiyozlari qoʻllanilmaganligi holati aniqlangan. Tuman prokuraturasi tomonidan 169 ta tadbirkorlik subʼektlarining buzilgan huquqlari tiklanib, 35 mln. 109 ming soliq imtiyozlari qoʻllanilishi taʼminlangan.
Yigʻilishda shuningdek, tuman prokuraturasi hamda tegishli huquqni muxofaza qiluvchi va boshqaruv idoralari tomonidan hududda qonuniylikni mustaxkamlash, fuqarolarning hukuq va erkinliklarini muxofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilganligini qayd etish bilan birga, ayrim sohalarda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi ham taʼkidlandi.
Yigʻilishda ishtirok etganlar tuman prokurori axboroti yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollarga aniq javoblar oldilar.
Yigʻilish yakunida oʻtgan vaqt mobaynida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, tumanda qonun hujjatlariga qatʼiy amal qilinishini taʼminlash borasida oldinda turgan vazifalar belgilab olindi.
R.B.Sankibayev, Amudaryo tumani prokurorining oʻrinbosari, adliya kichik maslaxatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶