25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 06:04
Jamiyat 👁 249

“OILA – JAMIYaTNING ASOSI” MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI

 “OILA – JAMIYaTNING ASOSI” MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Inson oilada tugʻilib, voyaga yetadi. Uning shaxs sifatida shakllanish jarayoni ham  oila bagʻrida, milliy-maʼnaviy qadriyatlar negizida, oila tutumlari asosida kechadi. Uning jamiyatga faol aralashuvi, nufuzi, qadr-qimmati, avvalo, oʻzi yashagan, tarbiyalangan muhitga bogʻliq. Shuning uchun ham xalqimiz: “qush uyasida koʻrganini qiladi”, “oilaning qadrini bilgan elning, el qadrini bilgan olam qadrini biladi”, “oilaning ostonasi oltin, bu oltin ostonani daxlsiz saqlagan hayot soʻqmoqlarida qoqilmaydi” kabi juda koʻplab hikmatli iboralarni yaratganki, bu hikmatlar zamirida oila mustahkamligini taʼminlashga qaratilgan samimiy ishora, begʻaraz niyat va orzu mujassam.

Haqiqatan ham milliy-maʼnaviy oila qadriyatlari, oila tutumlari asosida tarbiyalangan shaxs qalbida oilani muqaddas deb bilish tuygʻusi kuchli boʻladi va u har qanday vaziyatda ham oila deb atalmish qutlugʻ makonga sadoqatli boʻladi.

Lekin hamma ham shundaymi? Oila tutumlariga dilda sadoqat saqlay oladimi? Gap mana shunda. Afsuski, guruch kurmaksiz boʻlmagani kabi bugungi kunda oila boʻstoniga oshiqib qadam qoʻyib, hatto qisqa vaqt oʻtib-oʻtmay biri-birini “yaxshi tushunmay, osongina ajrashib ketayotgan yoshlar ham talaygina.

Joriy yilning 6-iyul sanasida Amudaryo tuman hokimligi binosida boʻlib oʻtgan tadbirda tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi tomonidan tumanda oila mustahkamligini taʼminlash, yosh oilalar bilan ishlashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, oilaviy nizolarning, erta nikohlarning oldini olish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi. “Oila – jamiyatning asosi” deb nomlangan mazkur tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari Maryam Ahmedova, Amudaryo tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldashev, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi rahbari Muqaddas Beknazarova, “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak nishoni sohibasi Pardagul Oʻrozboyeva, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi aʼzosi Sanobar Xoʻjamurodova, tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi mudirasi Sanobar Xolboyeva shuningdek, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi huzuridagi 30 kishidan iborat targʻibot guruhi aʼzolari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirokida etdilar.

Tadbirni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va oilaning jamiyatimizda tutgan oʻrni, shuningdek, tumanimiz mahallalarida yosh oilalar bilan ishlashishdagi juzʼiy kamchiliklar, bu boradagi muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida  toʻxtalib oʻtdi.

Shundan soʻng, mazkur tadbirdan koʻzlanayotgan maqsad va galdagi vazifalar xususida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari Maryam Ahmedova batafsil toʻxtaldi. Shu bilan birga Amudaryo tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan oilalarda ajrashishlarning oldini olish borasida 2021-yilning oʻtgan 6 oyi davomida amalga oshirilayotgan ishlarni birma-bir tahlil qilib, tumanda oilaviy nizolarga chek qoʻyishga qaratilgan chora-tadbirlarda sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotgani, mahallalarda notinch oilalar bilan ishlashish boʻyicha manzilli tizim ishlab chiqilmagani, natijada tumanda  oʻtgan 6 oy davomida oilaviy ajrashishlar soni keskin oshib ketganini qayd etdi va bundan keyin  har bir ovul va mahallada koʻpni koʻrgan pir-u badavlat otaxon va onaxonlarni, namunali oilalar sohib va sohibalarini jalb qilgan holda yosh oilalar oʻrtasida milliy-maʼnaviy qadriyatlar, oila tutumlari xususida jonli muloqotlar, maslahat-oʻgit tadbirlarini oʻtkazish, keksa avlod vakillari ishtirokida hududlardagi notinch deb hisoblangan oilalarga kirib borib, oilaviy nizolarning chuqurlashuviga, ajrashishga olib kelgan sabab va omillarni tizimli oʻrganish,  ajrashish qarorining ijobiy tomonga oʻzgarishiga erishish zarurligini taʼkidladi.

Shuningdek, tadbirda “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak nishoni sohibasi Pardagul ona Oʻrozboyeva, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi aʼzosi Sanobar Xoʻjamurodova hamda tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi mudirasi Sanobar Xolboyevalar ham soʻzga chiqdilar va tumanimizda 2020-yilga nisbatan 2021-yilning oʻtgan 6 oyi davomida ajrashishlar keskin oshib ketganini, buning sabab va oqibatlarini jiddiy oʻrganish zarurligini taʼkidladilar. Xususan, 2020-yil davomida tumanimizda 40 ta oila oʻzaro kelishmovchiliklar oqibatida ajrashib ketishgan boʻlsa, 2021-yilning birinchi yarmida 72 ta oilaning nikohlari bekor qilingan. Vaholanki, 2021-yil yakunigacha yana 6 oy vaqt bor. Agar buni 6 oyga tahsimlasak, tumanimizda har oyda, 12 ta oilaning nikohi bekor qilinayapti. Yil oxirigacha jiddiy choralar koʻrilmasa, bu  raqam yana oshishda davom etaveradi.

Boʻlib oʻtgan tadbirda faollar tomonidan ayni damda tumandagi ajrashish yoqasida turgan yana 67 ta oila mavjudligi, mazkur oilalarni yarashtirish, nikoh buzilishining oldini olish maqsadida xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi hamda targʻibot guruhi aʼzolari oʻzlari biriktirilgan hududlardagi yosh oilalarga kirib borib, har haftada bir marta tushuntirish-targʻibot, samimiy  va ochiq muloqot tadbirlarini olib borishayotganligi qayd etildi.

Albatta, har bir oilaning mustahkamligi, farzandlarning ota-onalari bagʻrida emin-erkin yaxshi tarbiya koʻrishlari, oila maskanida voyaga yetib, tinch-totuv yashashlari – jamiyatning yuksak taraqqiyoti, obod va farovonligining birdan-bir mezonidir. Insonni baxt-saodat manziliga eltuvchi kuch ham aynan ana shu mezon tufaylidir.

“Oila – jamiyatning asosi” mavzusida boʻlib oʻtgan mazkur tadbirda tumanda oilaviy ajrashishlarga barham berish, begunoh farzandlarning tirik yetim boʻlib, koʻngillari kemtik voyaga yetishlarining oldini olish borasidagi tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi oldida turgan boshqa masalalar ham muhokama etilib, muammolarni hal etish boʻyicha choralar belgilandi.

Robiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026