25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 05:54
Jamiyat 👁 364

Respublika “Maʼnaviyat festivali” doirasida tumanimizda “Maqom kechasi” oʻtkazildi

Respublika “Maʼnaviyat festivali” doirasida tumanimizda “Maqom kechasi” oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida Qoraqalpogʻistonda oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat festivali” doirasida Amudaryo tumanida katta kontsert dasturi tashkil qilindi.

Maqom sanʼatini keng targʻib etish maqsadida tashkil etilgan kontsert dasturi «Yangi Oʻzbekiston» videoroligi namoyishi bilan boshlandi. Videorolikda Vatanimizning yangi qiyofasi, yurtimizdagi bugungi kundagi oʻzgarishlar aks ettirilgan boʻlib, yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Kontsert dasturini Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi Abduhalil Mavrulov ochib berdi va festivalning ahamiyati, mazmun-mohiyatiga toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, soʻnggi yillarda butun mamlakatimizni, xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasini har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida olib borilgan keng qamrovli ishlar xususida toʻxtaldi. Ayniqsa, bugun Qoraqalpogʻistonda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari kishi koʻzini quvontirishi, bu oʻzgarishlar bardavom boʻlishini qayd etib oʻtdi.

Festivalning asosiy maqsad va vazifalaridan biri aholi, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va masʼuliyat hissini yanada kuchaytirish, ularni kelajagimizning munosib vorislari etib tarbiyalashda hissa qoʻshish ekanligini taʼkidladi. Shundan soʻng tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev hamda falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedovalar taklif qilindi hamda tumanimizda ilm-fan va sport sohalarida muvaffaqiyatlarga erishayotgan yoshlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Sahnaga birin-ketin amudaryolik iqtidorli yoshlar chiqib keldi. Yoshlarga hamda ularning ota-onalariga tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari topshirildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev soʻzga chiqib, butun mamlakatimiz boʻylab “Maʼnaviyat festivali” oʻzgacha ruh va kayfiyatda, ezgu maqsadlarni koʻzlangan, yangi gʻoyalarga va tashabbuslarga asoslangan holda oʻtayotganini, uning doirasida amalga oshirilayotgan har bir loyihani oʻziga xos ekanligini taʼkidladi hamda festival ishiga omad tiladi. Shuningdek, mustaqilligimizning 30 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy tabrikladi.

“Maʼnaviyat festivali” doirasida tumanimizda oʻtkazilgan kontsert dasturining badiiy qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasi namunali maqom ansambli chiqishi bilan boshlandi. Kontsert dasturida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Asatulla Xoliqov ijrosidagi “Oʻxshaydiku” va “Ajab sirlar” qoʻshiqlari tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi. Ayol-qizlar quy-qoʻshiqlarga raqsga tushdilar.

Shuningdek, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Zamira Suyunovaning “Salamno”, “Bogʻi shamol” qoʻshiqlari hamda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Mehmonali Salimov ijrosidagi “Raʼno ariyasi”ham barchaga manzur boʻldi. Estrada xonandalari Darhon Komilovning “Umid”, “Maftun boʻldim” qoʻshiqlari va “Nihol” mukofoti sovrindori Sherbek Shodiyev kuylagan oʻz ijodidan namunalariga yoshlarimiz joʻr boʻlishdi. Qolaversa, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurodning Vatan haqidagi sheʼrlari kechaga oʻzgacha shukuh bagʻishladi. Kontsert dasturida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat filarmoniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimining isteʼdodli xonandalari oʻz ijod namunalaridan ajoyib kuy qoʻshiqlar ijro etdilar. Kontsert dasturi filarmoniya xonandalarining “Goʻzal Oʻzbekistonim”, “Xalqim aziz” qoʻshiqlari bilan koʻtarinki kayfiyatda yakunlandi. 

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026