17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 00:06
Jamiyat 👁 105

Giyohvandlik - zulmat sari yoʻl.

Giyohvandlik - zulmat sari yoʻl.

Bu dunyo goʻzalliklaridan bahra olish uchun hayot bir marta beriladi. Kimdir mana shu koʻz ochib yumguncha oʻtadigan umrini insonlarning ogʻirini yengil qilishga, turli ixtirolar qilib, insoniyatga koʻmak berishga harakat qiladi. Yana kimlardir orqaga qaytmaydigan vaqtini behudaga sarflaydi, Allohning bergan neʼmatlariga shukr qilmaydi...

Afsuski, oʻz hayotiga oʻzi nuqta qoʻyib, oʻzining qotiliga aylanayotganlar ham uchrab turibdi. Ayniqsa, giyohvandlik haqida soʻz aytmasdan ilojimiz yoʻq. Asosan yoshlar orasida "ommaviy madaniyat" tarzida avj olmoqda.

Baʼzida oʻylab qolaman: "Nahotki, ne-ne ixtirolar yaratgan ongli insonlar bir qancha giyohning quliga aylansa... Insonligi qayda? Ong-u tafakkuri-chi?... Nahot yertangi taqdiri, hayoti uni qiziqtirmasa..."

Yorugʻ va yezguliklarga, goʻzalliklarga toʻla hayotni zulmat, qabohatga alishishdan ne naf? Titrab-qaqshab yiqqanini bir lahzalik orom-u halovat uchun sarflab, insonligidan ayrilib, xuddiki kasalga chalingan hayvondek yashamoqdan ne maʼni?...

Keling, biroz tahlil va tanqid qilib koʻramiz.

Atrofga qarang. Yam-yashil tabiat yoinki oppoq qor naqadar goʻzal... Musaffo osmon, tip-tiniq obi hayot... Qushlar chugʻur-chugʻuri...
Sizning qalbingiz shu darajada goʻzalki, oddiy narsalardan ham beqiyos timsollar yarata bilasiz... Muhimi, erkinsiz...
Ammo qandaydir giyohga ruju qoʻyib, uning quliga aylanib, dunyo koʻzingizga qorongʻu, zulmatdan iborat boʻlib koʻrinsa... Borligʻingiz yoʻqlikka, oppoq tongingiz qabohat kechasiga aylansa... Bir necha soatlik "orom"dan keyingi azoblar... Naqadar ogʻir.

Yor-birodarlarning boshini egib, bor-budini koʻkka sovurib, ichi-yu tashini zaharlab nimaga yerishib boʻladi?... Koʻzining oq-u qorasi boʻlgan farzandlari bilan oila davrasida tinch-totuv, ahil, inoq, baxtli yashash taʼmini giyohxoʻr qaydan bilsin...

Buvim giyohvand, narkomanlarni "bangi" derdi. Bizga koʻp narsalarni aytib berib, qulogʻimizga nasihatlar quyardi...

Bir kuni buvimdan "Giyohvadlar qanday boʻladi?" deya qiziqsinib soʻradik. Buvim "Sen hozir oʻzingnikisan. Giyohvand esa na tanasiga, na ruhiga hokim boʻloladi" deb javob berganlar...

Hayotimizning qiymati beqiyos, bir marta tugʻilib, bir marta oʻlamiz. Ammo mana shu ikki yenlik hayotimizda nimagaki erishsak, nimaiki qilsak, hammasiga oʻzimiz sababchi boʻlamiz. Zero, hayotimiz oʻz qoʻlimizda, tanlash imkoni ham... yo nur, yoki zulmat...

Laylo Olimova, OʻzJOKU, Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019