Ustoz şarofati bilan
Darhaqiqat, rahmatlik ustozim Sobir Yusupov şarofati bilan 1966-yilning 11-yanvar kunidan boşlab "Amudaryo haqiqati” gazetasi, tahririyatida jurnalistik faoliyatim boşlandi. Avval adabiy xodim, keyinçalik bölim mudiri vazifalarida işladim.
Tahririyatga işga kelganimda örta maʼlumot egasi edim. 1968-1974-yillarda ToşDUning jurnalistika fakulteti sirtqi bölimida tahririyatda işlab turib tahsil oldim, oliy maʼlumotli malakali jurnalist bölib yetişdim. Şu yerda baxtimni topdim. Hamkasbim Yangiljon Hamroyeva bilan 1969-yil yanvar oyida turmuş qurganmiz.
Şu narsani alohida qayd qilgim keladiki, 1966-70-yillarda gazetaning jamoatçi muxbirlari bölgan Allambergan Jumaniyozov, Bibihojar Dösniyozova, Jumaboy Hidoyatov, Ibrohim Xolmurodov, Norboy Töraboyev, Safarboy Dav-latboyev, Hayitboy Xudoyorov, Tursunboy Sultonov, Safo Matçonovlar Sobir Yusupovning taklifi bilan "Amudaryo haqiqati” gazetasi tahririyatida işladilar. Madrahim Qurbonov Qoraqalpoğiston Respublikasi televideniyesida ön yil Amudaryo tumani böyiça muxbiri bölib, Qobul Şomurodov esa 1978-yildan ayni kungaça Qoraqalpoğiston Respublikasi radiosining tumanimiz böyiça muxbiri vazifasida işlayapti.
Gazeta ştatida muxbirlikka qö-şimça radio taşkilotçi degan vazifa bor edi. 1970-yilning kuzidan to 1979-yilning avgust oyigaça şu vazifada işladim. 1979-yilning avgustidan to 2007-yilning oktyabr oyigaça gazeta tahririyatida bölim mudiri, masʼul kotib, muharrir örin-bosari bölib işladim.
Jurnalistik faoliyatim 42-yil davom etdi. Mustaqillik tufayli mehnatim munosib baholandi. 1994-yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Faxriy yorliği bilan, 2004-yilda esa "Qoraqalpoğiston Respub-likasida xizmat körsatgan jurnalist” unvoni bilan taq-dirlandim. Hammasi uçun – yaʼni jurnalist bölib yetişganim, faxriy unvon olib, ayni kunda qarilik gaştini surib yaşayotganim uçun rahmatlik ustozim, jurnalist, öndan ortiq jurnalistlarga ustozlik qilgan Sobir Yusupovdan behad minnatdorman.
Gazetamizning40, 50, 60, 75 va nihoyat 80 yillik yubileyi nişonlanişini köriş nasib etayotganligidan ğoyatda xursandman. Avvalgi "Amudaryo haqiqati”, ayni kundagi "Taraqqiyot közgusi”, gazetasi tahririyati jurnalistlarini, uning sobiq xodimlarini, barça gazetxonlarni gazetamizning 80 yillik töyi bilan samimiy tabriklayman. Gazeta hamişa tumanimiz hayotining oynasi va gazetxonlar minbari bölib qolaverişiga tilakdoşman.
Saʼdulla Xöjaniyozov,
gazeta faxriysi, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶