22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 06:18
Fan va taʼlim 👁 248

19-sonli maktab oʻquvchisi mental arifmetika boʻyicha Xalqaro olimpiadada sovrindor boʻldi

19-sonli maktab oʻquvchisi mental arifmetika boʻyicha Xalqaro olimpiadada sovrindor boʻldi

Bugungi kunda har tomonlama yetuk maʼnan va jismonan rivojlangan shaxs tarbiyalash, ayniqsa, yoshlarning oʻz oʻrnini topishlari, egallagan bilimlarini kelgusi hayotga tadbiq eta olishi uchun ularni toʻgʻri yoʻnaltirish har bir oʻqituvchining asosiy vazifalaridan biridir. Bu boradagi ishlarni zamon talablari darajasiga yetkazish maqsadida tumanimizdagi 19-sonli maktabda turli xil toʻgaraklar tashkil etilgan. Xususan, sportning taekvando yoʻnalishi, voleybol, basketbol hamda mental arifmetika toʻgaraklari faoliyat yuritmoqda, toʻgaraklarga tajribali ustozlar rahbarlik qilishadi.

Bugungi kunda odamlar orasida mental arifmetika iborasi tez-tez takrorlanadi. Chunki mental arifmetika – miya ikkala yarim sharining faol ishlashini taʼminlaydi, emotsional stressni yengillashtiradi, ishchanlik faoliyatini yaxshilaydi.

Bolalar mental arifmetika bilan shugʻullansa, qanday tafakkur qilishni oʻrganadilar, tafakkur qilishni bilgan bola esa yangilik yaratishni sevuvchi novator boʻlib yetishadi. Mental arifmetikani oʻrgangan oʻquvchi aniq fanlarni oʻzlashtirishga qiynalmaydi, diqqatini jamlashni oʻrganadi xotirasi kuchayadi.

Maktabning mental arifmetika toʻgaragi rahbari, matematika fani oʻqituvchisi Zulfiya Matkarimovaning bu toʻgarakni tashkil qilganiga unchalik koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. Toʻgarakka asosan 6 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar qatnashadi. Toʻgarak aʼzolari shu qisqa vaqt ichida abakusda sonlarni qoʻshish, ayirish, koʻpaytirishni oʻrgandilar. Quvonarlisi shundaki, yaqinda mental arifmetika boʻyicha 8-Xalqaro olimpiada oʻtkazildi.

Olimpiadaga Qozogʻiston Respublikasining Olmaota, Chimkent, Qaragʻanda, Petropavlovsk shaharlaridan, Rossiyaning Krasnodor, Sankt-Peterburg, Moskva, Kozon, Sochi shaharlaridan, Ukraina, Shveytsariya, Qirgʻiziston davlatlaridan hamda Oʻzbekistonning Toshkent, Samarqand, Andijon, Fargʻona hamda Nukus shaharlaridan ham yoshlar qatnashdilar. Bu olimpiadada 19-maktabning 2-a sinf oʻquvchisi Dinora Jabborberganova va 4-a sinf oʻquvchisi Mirsaid Jumaboyevlar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Olimpiada onlayn boʻlganligi sababli natijalarni biroz kutishga toʻgʻri keldi. Chunki har bir oʻquvchining misol yechishi videoga olinib, hakamlarga yuborildi. Olimpiada talablariga koʻra, har bir ishtirokchining misol ishlash texnikasi tezligi hisobga olindi. 2 kundan soʻng natijalar eʼlon qilindi.

Gʻoliblar orasida oʻquvchisining ismini koʻrgan ustozning boshi osmonga yetdi. Chunki Dinora Jabborberganova 3-oʻrinni egallagan, Mirsaid Jumaboyev faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan edi. Dinora va Mirsaidning xalqaro mental arifmetika olimpiadasida erishgan bu gʻalabasi 19-sonli maktab pedagogika jamoasi hamda ularning maktabdoshlariga cheksiz quvonch bagʻishladi. Shu bilan birga toʻgarakka aʼzo boʻluvchilar safi yanada oshdi.

Muyassar XALILLAYeVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026