Umumtaʼlim maktablarida "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbirlari oʻtkazilmoqda
Bugun 25-may kuni mamlakatimizdagi barcha maktablarda 2020/2021 oʻquv yili yakunlanishi munosabati bilan "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.
Amudaryo tumanidagi umumtaʼlim maktablarida oʻtkazilayotgan tadbirlarda ham deputatlar, hokimlik masʼullari, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari, davlat va jamoat arboblari ishtirok etib, oʻquvchilarni bugungi sana bilan muborakbod etmoqda.
Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev ham tumanimizdagi 14-sonli maktabda oʻtkazilgan tadbirda ishtirok etib, oʻquvchilarga tabrik yoʻlladi.
Tuman hokimining aynan ushbu maktabga tashrif buyurgani bejiz emas. Sababi, yaqindagina ushbu maktabning 11-sinf oʻquvchisi Balkumis Reimbayeva qozoq tili va adabiyoti boʻyicha oʻtkazilgan fan olimpiadasining toʻrtinchi – mamlakat bosqichida Oʻzbekistonda 1-oʻrinni oldi.
Tuman hokimi Balkumisni ushbu gʻalabasi bilan tabriklab, uning otasi Tolegen Boʻranboyev va onasi Amangul Aytbayevaga, oʻqituvchisi Mayra Umirbayevaga tuman hokimligi nomidan, shaxsan oʻzi nomidan chuqur minnatdorchilik bildirdi hamda oʻquvchi qizga smartfon sovgʻa qildi.
Tuman hokimi oʻz nutqida Prezidentimizning mamlakatimiz maktablarining bitiruvchi oʻgʻil-qizlariga yoʻllagan tabrigi mazmun-mohiyatiga ham toʻxtalib oʻtdi. Davlatimiz rahbarining tabrigida taʼkidlanganidek, maktabni bitirib chiqayotgan yigit-qizlarimizdan birontasi eʼtibordan chetda qolmasligi alohida qayd etildi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶