25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 09:06
Jamiyat 👁 321

18-may – Xalqaro muzeylar kuni. TUMAN TARIX VA OʻLKAShUNOSLIK MUZEYIDA “OChIQ EShIKLAR KUNI” TADBIRI OʻTKAZILDI

18-may – Xalqaro muzeylar kuni. TUMAN TARIX VA OʻLKAShUNOSLIK MUZEYIDA “OChIQ EShIKLAR KUNI” TADBIRI OʻTKAZILDI

Muzeylar – Xalq tarixining koʻzgusi. Chunki xalq oʻtmishi, urf-odat va anʼanalari, turmush tarzini ifoda etuvchi jamiki ashyolar, dalillar, osori antiqalar ana shu koshonada jamlanadi. Oʻsib kelayotgan yosh avlodning maʼnaviy dunyosini boyitish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat, bobomeros maʼnaviy qadriyatlarga mehr-muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalashda muzeylarning oʻrni beqiyos. Shu bois, butun dunyoda boʻlgani kabi mamlakatimizda ham 18-may – Xalqaro muzeylar kuni sifatida keng nishonlanadi, muzeylar faoliyatiga eʼtibor qaratilib, madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etiladi, sayohatlar uyushtiriladi. Ushbu sana munosabati bilan tumanimizda tashkil etilgan Amudaryo tuman tarix va oʻlkashunoslik muzeyida “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri oʻtkazildi.

Maʼlumki, 9-may – Xotira va qadrlash kuni – fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 76 yilligi bayrami arafasida ochilgan tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi xalqimiz hayotida juda katta maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatga ega voqea boʻldi. Yillar davomida zamonaviy meʼmoriy  yechimga ega muzey binosi bunyod etilishini orziqib kutgan xalqimiz uchun muzey foydalanishga topshirilgan kun  katta shodiyonaga aylandi.

Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, muzey oldida tashkil etilgan ixcham ikki ayvondagi Ikkinchi jahon urushi qurbonlarining ism-shariflari zarhal harflar bilan bitilgan lavhalar oldidan aslo beparvo oʻtish mumkin emas. Bu lavhalarda bugungiday dorilomon kunlar uchun jonlarini fido etgan, xoklari urush boʻlib oʻtgan yurtlarda qolgan yuzlab yurtdoshlarimizning  nomlari qayd etilgan.

“Ochiq eshiklar” kuni tadbirida muzeyga tashrif buyurgan 42-sonli umumtaʼlim maktabining bir guruh oʻquvchi-yoshlari avval muzey oldida did va mahorat bilan bunyod etilgan gulzorlar, favvoralarni tomosha qildilar, Marmar lavhalarda bitilgan, ikkinchi jahon urushida shahid ketgan qahramon jangchi-bobolarining ism-shariflarini oʻqib, faxrlandilar. Motamsaro ona yodgorligi poyida turib, qiyofasida ona Yurt timsoli aks etgan, hamon jigarbandi yoʻliga koʻzlari nigoron Onaizor uchun sukut saqlab, taʼzim bajo qildilar.

Shundan soʻng, faxriy ustoz, mustaqil izlanuvchi tarixchi va oʻlkashunos Shavkat aka Chorshamov oʻquvchilarga ushbu muzeyning qurilishi, muzey eksponatlari, bezak ishlari, muzey hovlisidagi zamonaviy meʼmoriy uslubdagi barcha koʻrinish va manzaralarni bunyod etish borasida amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar va bu boradagi tuman hokimligi tomonidan koʻrsatilgan begʻaraz yordam haqida batafsil maʼlumot berdi.

Oʻquvchi-yoshlar muzey eksponatlarini katta qiziqish bilan tomosha qildilar.

Xususan, tumanimizning bir necha yuz yillik tarixini oʻzida aks ettiruvchi osori atiqalar, xalqimiz oʻtmishidan to bugunga qadar yetib kelgan bebaho yodgorliklar, hali ham aslini, qadr-qimmatini yoʻqotmagan turfa liboslar, turli davrlarga xos ish qurollari, roʻzgʻor buyumlari, tadbirkor ota-bobolarimiz tomonidan ishlatilgan yogʻ ishlab chiqarish juvozlari, suv haydovchi chigʻir va charxpalak, madaniy-maʼrifiy hayotni oʻzida aks ettirgan noyob qoʻlyozmalar, mangʻitlik sanʼatkorlarga tegishli qadimiy sozlar, oʻquvchi-yoshlarda juda katta qiziqish uygʻotdi.

Tadbir ishtirokchilariga faxriy ustoz Shavkat aka Chorshamov muzeyning koʻrgazma zallarida jamlangan har bir eksponat haqida batafsil maʼlumotlar berdi.

Oʻquvchi-yoshlar ham oʻz navbatida muzeydan olgan taassurotlari  haqida soʻzlab, tumanimizda tashkil etilgan tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyiga  sayohat uyushtirganliklari uchun 42-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy  masalalar boʻyicha oʻrinbosari Farhod Bekberganov hamda ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha  targʻibotchi Robiya Yoʻldoshevaga minnatdorchilik bildirishdi.

Ikki qavatdan iborat muzeyning har bir boʻlimi alohida eʼtibor va did bilan bezatilgani muzeyga tashrif buyuruvchilar uchun maroqli sayohat qilish muhitini yaratgan. Eksponatlarning nomlanishi, qaysi davrga xosligi, kim tomonidan muzeyga taqdim etilgani haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi sayohatchilarning qiziqishlarini oshirish bilan birga, xalqimizning tarixiy-maʼnaviy ildizi nihoyatda teranligi, bobomeros urf-odat va anʼanalarning umriboqiyligini chuqur anglatadiki, bu esa har bir qalbda oʻzi tugʻilib-oʻsgan zaminga, Vatanga mehr-muhabbat tuygʻusini yanada mustahkamlaydi.

Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Ochiq eshiklar” tadbirida faxriy ustoz, mustaqil izlanuvchi tarixchi-oʻlkashunos Shavkat aka Chorshamov sayohatchi-oʻquvchilarga muzeylarning Vatanimiz, taraqqiyotida, madaniy-maʼrifiy hayotida tutgan oʻrni gʻoyat muhim ekanligini taʼkidlab, bu kabi sayohatlar oʻquvchi-yoshlar bilimini oshirishda, dunyoqarashini kengaytirishda katta ahamiyatga ega ekanligini, muzey eksponatlarini yanada boyitishda har bir amudaryolik oʻz hissasini qoʻshishi zarurligini qayd etdi.

Darhaqiqat, muzeylar – ilm-maʼrifat oʻchogʻi. Ularda jamlangan tarixiy buyumlar, noyob qoʻlyozmalar, Amu boʻyi ayollari kiygan turli davrlarga xos turfa liboslar, hunarmandchilik anʼanalarini oʻzida mujassam etgan kulolchilik sanʼati durdonalari, qoʻyingki, muzeydagi jamiki eksponatlar yuksak bilim va salohiyat mahsuli ekanligini anglash qiyin emas. Davr taraqqiyoti bilan hamohang rivojlanib, taraqqiy etib borgan buyumlarning bugungi hayotimizdagi koʻrinishi aynan ana shu tarixiy ildizlardan yaralgan va buni aslo inkor eta olmaymiz.

Tumanimiz tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi ham, taʼbir joiz boʻlsa, xalqimizning buyuk va betakror tarixining koʻzgusi, ilm-maʼrifat oʻchogʻidir. Bu maskanga har bir amudaryolik, har bir yosh, albatta tashrif buyurmogʻi joiz.
Muzeyga Amu eli tarixining teran ildizlaridan kuch olmoq uchun ham sayohat qilmoq kerak, azizlar!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026