25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 10:24
Jamiyat 👁 211

ENDILIKDA OILA – MAKTAB – MAHALLA TIZIMIDA MAʼNAVIY TARBIYa UZVIYLIGI TAʼMINLANADI

ENDILIKDA OILA – MAKTAB  – MAHALLA TIZIMIDA MAʼNAVIY TARBIYa UZVIYLIGI TAʼMINLANADI

Maʼnaviy barkamol insonni tarbiyalash, inson – tabiatning, barcha mavjudotning gultoji ekanligini oʻsib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirish taʼlim-tarbiya sohasining ustuvor  yoʻnalishi hisoblanadi. Chunki jamiki moddiy narsalar insonga jismoniy oziq va quvvat bersa, maʼnaviyat unga ruhiy oziq va qudrat bagʻishlaydi. Muhtaram Prezidentimiz Sh..Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda: “Har qaysi davlat har qaysi xalq intellektual salohiyati, yuksak maʼnaviyati bilan qudratlidir”.

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib aytish joizki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari, xalqimiz ong-u tafakkuri va dunyoqarashidagi oʻzgarishlar ham albatta, maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarining samarasidir. Bu boradagi ishlarni yanada yuksak pogʻonaga koʻtarish, maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi ishlar samaradorligini yanada oshirishda yaxlit tizimni yoʻlga qoʻyish orqali mamlakatimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh gʻoyaning ahamiyatini har bir inson qalbiga singdirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martda “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu Qaror ijrosini taʼminlash, yoshlarni barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublika Xalq taʼlimi Vazirligi, Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Qaroriga koʻra, 2021-yilning 1-aprelidan har bir umumtaʼlim maktabida 0,5 shtat  birligida ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi joriy etildi.

Tumanimiz umumtaʼlim muassasalarida ham ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimiga tumanimizda yashab, ijod etayotgan taniqli shoir, yozuvchi va jurnalistlar, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati huzuridagi “Jayxun ilhomlari” NNT aʼzolari, ijodiy salohiyatga ega boʻlgan ona tili va adabiyot oʻqituvchilari biriktirildi.

Ayni paytda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar oʻz faoliyatini boshlashdi. Xususan, tumandagi 87 ta umumtaʼlim maktablarida yoshlar kitobxonligini, milliy-maʼnaviy qadriyatlarni rivojlantirish, Prezidentimiz Qarorida belgilab qoʻyilgan el yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urugʻ-aymoqchilik, korruptsiya, oilaviy qadriyatlarga bepislandlik va yoshlar tarbiyasiga masʼuliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilib, oila, taʼlim tashkilotlari, har bir mahalla va koʻchada maʼnaviy tarbiyaning uzviyligini taʼminlashga qaratilgan amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Shu kunlarda fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 76 yilligi va 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan har bir oʻrta taʼlim muassasasida ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida mehnat qilib, fidoyilik namunalarini koʻrsatgan nuroniy otaxon va onaxonlar hamda Afgʻoniston urushida ishtirok etgan sobiq jangchi-faxriylari bilan yoshlarning uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Bu uchrashuvlarda tinchlikning qadri, oʻzaro mehr-oqibat, mustaqillik gʻoyalariga sadoqat, doʻstlik va bagʻrikenglik kabi qadriyatlarga alohida ahamiyat qaratilib, yoshlar ongida sogʻlom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish mavzulariga alohida urgʻu berilmoqda.

Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, endilikda oila – taʼlim muasssasasi – mahalla tizimida amalga oshiriladigan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” gʻoyasini keng targʻib qilish, orqali jamiyatda sogʻlom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirishda oʻrta taʼlim muassasalaridagi ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi mutaxassislari yanada faollik koʻrsatib ishlashlari talab etiladi.

Otabek YOʻLDOShEV, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Markazi Amudaryo tuman boʻlimi rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026