OʻZI UChUN TAʼMINOT SOʻRAGAN DAʼVOGARLAR SUDDA OILASI BILAN YaRAShTIRILDI
Baxt – oiladagi xotirjamlik bilan toʻkis boʻladi. Behuda janjal, murosasizliklar notinchlikni yuzaga keltirib, oilaviy baxtning buzilishga, ajrimlarga, oʻrtadagi farzandlarning tirik yetim boʻlishiga olib keladi.
Oiladagi kelishmovchiliklar sababli turmush oʻrtogʻi bilan birga yashamayotgan D. oʻrtadagi farzandi uch yoshga toʻlgunga qadar taʼminot undirish haqidagi davo ariza bilan Fuqarolik sudiga murojaat qildi.
Bu boʻyicha ish sudda koʻrilishi jarayonida ajrashish darajasiga olib kelgan holatlar oʻrganildi. Har ikki tomonning fikrlari eshitilib, ularga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatishga harakat qilindi. Daʼvogar D. va javobgar J.ga oila muqaddas ekanligi, bu kabi arzimas sabablar oila deb atalmish muqaddas qoʻrgʻonning buzilib ketishi uchun asos boʻla olmasligi, oʻrtada murgʻak farzand borligi, uning tarbiyasiga har ikkalasi teng javobgar ekanligi tushuntirilib, ushbu yosh oilani chiroyli yechim bilan yarashtirishga erishildi.
Shuningdek, sudda K. ismli shaxsning javobgar Ya. ismli shaxsga nisbatan bola uch yoshga toʻlguncha taʼminot undirish haqidagi daʼvo arizasi yuzasidan qoʻzgʻatilgan fuqarolik ishi ham koʻrib chiqildi. Sud jarayonida oʻtkazilgan suhbat davomida ularga ham oilani arzimas sabablar bilan buzish xato ekanligi, turmush davomida murosa qilib yashash kerakligi, oʻrtalaridagi voyaga yetmagan farzand tarbiyasiga teng masʼulligi tushuntirildi. Ushbu oila ham tushuntirishlar natijasida yarashtirildi.
Q.Atamuradov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶