QONUNChILIKDAGI OʻZGARIShLAR BOʻYIChA TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILDI
Aholini islohotlarning huquqiy asoslari bilan yaqindan tanishtirish, davlat va jamiyat hayotida yuz berayotgan soʻnggi oʻzgarishlardan xabardor qilish maqsadida Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi masʼullari tomonidan ovul va mahallalarda targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Nazarxon, Toʻlqin, Choykoʻl ovullarida oʻtkazilgan targʻibot tadbirlarida aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida qonunchilikdagi soʻnggi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Targʻibot tadbirlarida shu yil 30-mart kuni “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolangani, Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi va Jinoyat kodeksga qoʻshimcha kiritilgani xususida soʻz yuritildi. Unga koʻra, Oʻzbekistonning qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari, Internetdan, shuningdek matnni koʻpaytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida daʼvat qilish kabi harakatlar uchun javobgarlik belgilangani keng tushuntirildi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, Oʻzbekiston Prezidentini telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zoʻravonlik qilishga omma oldida daʼvat qilganlik uchun javobgarlik kiritilgani haqida maʼlumot berildi. Oʻsha harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki OAV, telekommunikatsiyalar tarmoqlari, internetdan, matnni koʻpaytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, tegishli jazoga tortilishi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Namuna, Chordara, Daryoboʻyi mahallalarida ham keng turda targʻibot ishlari amalga oshirilib, aholi savodxonligini oshirish maqsadidagi tadbirlar oʻtkazildi.
Q.Atamuradov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶