“BEPUL HUQUQIY MASLAHAT BILAN HAR BIR UYGA” ShIORI OSTIDAGI HUQUQIY TARGʻIBOT TADBIRLARI DAVOM ETADI
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga huquqiy yordam berish, ijtimoiy va turmush sharoiti ogʻir oilalarni, nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni huquqiy jihatdan himoya qilish maqsadida Adliya boʻlimi tomonidan tumandagi ovul va mahallalar hududida “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Shu yil 29-aprel kuni tumanimizdagi Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻinida ham targʻibot tadbiri tashkil etilib, aholining murojaatlari qabul qilindi.
Targʻibot tadbiri Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi xududiy boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi xududiy boshqarmasi tomonidan 2021-yil 21-aprelda tasdiqlangan hamkorlik Memorandumi ijrosi yuzasidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarga mahallabay tamoyili asosida uyma-uy kirgan holda amalga oshirildi. Tadbir davomida aholi kundalik hayotda birlamchi ahamiyatga ega boʻlgan hamda oxirgi kunlarda qabul qilingan qonun va qonunosti normalari tushuntirildi. Shu bilan birga mavzu yuzasidan tayyorlangan tarqatma materiallar, flayer, bukletlar ham tarqatildi.
Taʼkidlash lozimki, tuman Adliya boʻlimi tomonidan oʻtkazilayotgan mazkur tadbir davomli boʻlib, rejaga muvofiq, shu yilning iyun oyi oxiriga qadar tumanning boshqa hududlarda ham oʻtkaziladi.
M.Matyusupov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶