2014-yil - “Sogʻlom bola yili“
Yayrab oʻsar bolalar
3-sonli maktabgacha tarbiya muassasasida 55 nafar jajji bolajonlar tarbiyalanmoqda. Ularning muassasamizda oʻtadigan vaqtlari mazmunli, samarali boʻlishi uchun qatʼiy reja tuzib qoʻyganmiz.
Bolajonlar bogʻchada tarbiyalanib qolmasdan umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul qilinishga ham tayyorlanadilar. Ilk saboqlar sanashni oʻrgatishdan, bolaning ogʻzaki nutqini rivojlantirishdan boshlanadi. Chor-atrofimizni oʻrab turgan tabiatimiz, hayvonot, oʻsimliklar turlari bilan tanishish bolalar uchun doimo zavqli boʻladi.
Mashgʻulotlar jarayonida tarbiyachilarimiz taʼlim jarayonida interfaol usullardan keng foydalangan holda har bir bolaning mashgʻulotni puxta oʻzlashtirishiga, bolalarda oʻz harakatlarini ongli ravishda boshqara olish koʻnikmalarini shakllantirishga intiladi.
Muassasamizda kichkintoylarning vaqti mazmunli oʻtishi uchun ingliz tili, shaxmat-shashka, gimnastika, raqs, mohir qoʻllar toʻgaraklari muntazam faoliyat olib borayapti. Bolajonlarga taʼlim-tarbiya berishda mutaxassislarimiz oʻz kasbiy mahoratlarini oshirish ustida tinmay ish olib borishayotir. Bu taʼlim-tarbiya jarayoniga oʻz ijobiy taʼsirini oʻtkazishi shubhasiz.
Bogʻchamizda bolajonlarning sogʻlom, aqlli, ziyrak boʻlib ulgʻayishlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, "Sogʻlom bola yili” munosabati bilan qabul qilingan Davlat Dasturida belgilangan masʼuliyatli vazifalarni ado etishga harakat qilayapmiz.
Sayyora MATKARIMOVA,
3-sonli maktabgacha tarbiya muassasasi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶