Fuqaro A.Haytboyevaning murojaati yuzasidan rasmiy maʼlumot
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro A.Hayitboyevaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yoʻllagan videomurojaati tarqatilgan.
Murojaatda fuqaro A.Hayitboyeva Amudaryo tumanidagi chorva bozori hududidagi fuqaro O.Soatovning doʻkonida koʻp yillardan beri ijara asosida savdo faoliyatini amalga oshirib kelgani, fuqaro Gʻ.Yusupov ushbu doʻkon binosiga noqonuniy egalik qilib, binoni firibgarlik yoʻli bilan unga sotmoqchi boʻlgani yuzasidan ochilgan jinoyat ishi qonunga zid ravishda toʻxtatilganini bayon qilgan.
Ushbu murojaat boʻyicha Amudaryo tumani hokimligi shuni maʼlum qiladiki, fuqaro A.Haytbayeva tomonidan shu mazmunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga 2020-yil 22-iyun kuni yoʻllangan 16685-rr/20-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi nomiga 2020-yil 10-noyabr kuni yoʻllangan 23/4383-8/20-sonli, 2020-yil 24-noyabr kuni yoʻllangan 23/4601-8/20-sonli murojaatlar tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrganilib, oʻz muddatida javoblari berilgan.
Murojaatda koʻrsatilgan holatlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan 354023/2020-3Lx-sonli jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov xarakatlari olib borilgan va jinoyat alomatlari yoʻqligi sababli mazkur jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual Kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilgan.
Keyinchalik fuqaro A.Hayitboyevaning noroziligi sababli yozgan arizasiga asosan ushbu jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan bekor qilinib, qoʻshimcha tergov harakatlarini olib borish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuborilgan va qoʻshimcha tergov harakatlari davrida ham ushbu ishda jinoyat alomatlari yoʻqligi aniqlanib, mazkur jinoyat ishi tugatilgan.
Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶