FARZANDLAR MASALASIDA SUDGA MUROJAAT QILGAN OILA YaRAShTIRILDI
Oila – jamiyatning bir boʻlagi. Unda totuvlik, ahillik boʻlsa jamiyat ham tinch, farovon boʻladi. Oilada kelishmovchilik, murosasizlik boʻlsa, ushbu qoʻrgʻon darz ketadi va jamiyat uchun ogʻriqli boʻlgan koʻplab muammolar kelib chiqadi.
G. va K.ning ham yaxshi niyatlar bilan qurgan oilasi arzimagan sabablar tufayli buzilib ketdi. Oʻrtadagi 3 nafar farzand esa sarson-sargardon boʻlib, aro yoʻlda qoldi. Oiladagi notinchlik, ota-onaning xudbinligi tufayli ular oz jabr koʻrishmadi. Oʻzaro kelishmovchiliklar tugamaganidan soʻng, G. farzandlarini K.dan qonuniy asosda olish uchun sudga murojaat qildi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudida har ikkala tarafga oila muqaddasligi, oʻrtadagi voyaga yetmagan farzandlarning yetuk va komil insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun ota va onaning mehri birday zarurligi tushuntirildi. Oʻtkazilgan tushuntirish ishlari natijasida oila yarashtirildi va daʼvogar G.ning arizasi asosidagi ushbu fuqarolik ishi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual Kodeksining tegishli moddasiga koʻra koʻrmasdan qoldirildi.
Q. Atamurodov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶