19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 04:08
Jamiyat 👁 198

AMU ELINING ARDOQLI OTAXONI

AMU ELINING ARDOQLI OTAXONI

Hayot – inson uchun haqiqiy dorilfunun. Uning bagʻrida inson hamma narsani – yashash sirlarini, mehnat va ijodni, odamiylik tushunchalarini oʻrganadi. Goh ravon, goh noravon soʻqmoqlar aro oldinga intiladi va hayotning zalvorli sinovlarida toblanadi. Biz bilgan, toʻgʻrirogʻi, el-yurt tanigan, ardoqlagan nuroniy otaxon Bekman ota Allaberganov umrining osoyishta fasli – nuroniy yoshga yetgunlariga qadar hayot sinovlarini sabr-toqat bilan yengib oʻtgan, halol va fidoyi mehnati bilan jamiyatda oʻz oʻrnini topgan, havas va ehtiromga munosib shaxs sifatida shakllangan insonlardan.

Bekman ota samimiyat va fidoyilik hokim oilada voyaga yetdi. 1968-yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini tugatib, oʻquvchi-yoshlarga taʼlim-tarbiya berdi, ustoz sifatida obroʻ-eʼtibor qozondi, hayotda oʻz oʻrnini topdi. Odamlar bilan ishlashishdagi tashkilotchilik qobiliyati hamda xalq hayotiga oid muammolar yechimini topish borasidagi mulohazakorligi va bosiqligi, dunyoqarashining kengligi bois, tuman rahbariyatining nazariga tushdi. 1987-yilda uni Amir Temur nomli ovul Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlashdi. Otaxon 8-yil davomida mazkur ovul ahli hayotiga oid ijtimoiy muammolarni hal etish, kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ovulning uyushmagan qatlami bilan ishlashish, ishsizlik bilan bogʻliq masalalarni hal etish borasidagi ishlarga bosh-qosh boʻldi.

Tashkilotchi, shu bilan birga, har qanday vaziyatda ham odamlar bilan kelishuvchanlik fazilati tufayli 2003-yilda hamqishloqlari uni Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻini raisligiga saylashdi. U yigʻin raisi sifatida ovul ahli hayotiga doir muammolarni ijobiy hal etish, ovul yerlarini suv bilan taʼminlovchi Mangʻit arna va Toshyop kanallari boʻylarini obodonlashtirish, hududdagi qabristonlar atroflarini ihota qilish, yakka tartibda uy-joy quruvchilar uchun yer maydoni ajratish, xutor tizimidagi hududlarni tartibga keltirish, tomorqa  xoʻjaligini yuritish madaniyatini yuksaltirishdek koʻpdan-koʻp masalalarni ijobiy hal etishga erishdi. Uning el-yurt, ovul ahli orasida oʻtkazgan har bir mehnat kuni chinakam ibrat maktabiga aylandi.

Bekman ota oʻz mehnati, halolligi va fidoyiligi bilan el ichra qadr topdi. U taʼlim maskanlarida, idora va korxonalarda, yoshlar davralarida tez-tez boʻlib, hayot tajribalaridan soʻzlaydi. Oila davrasida esa hamisha qattiqqoʻl, shu bilan birga samimiy doʻst, mehribon ota. Umr yoʻldoshi, faxriy ustoz Danagul momo Qoʻngʻirot tumanidan. Talabalik davridagi mehr-muhabbat rishtalari bilan bogʻlangan bu ikki fidoyi inson tarbiyasini olib, el-yurt koriga yarayotgan 5 nafar farzandlar ham elda eʼtibor topgan insonlar.

Otaxon ayni paytda umrining 75 bahoriga qadam qoʻydilar. Nafaqada boʻlishlariga qaramay, u hamon har kuni xalq orasida. Deyarli har kuni tumanimizdagi biron mahalla yoki taʼlim maskaniga tashrif buyuradi. Xalq orasiga kirib borib, har bir inson qalbiga maʼnaviyat nurlarini yoʻgʻiradi. Qoʻllaridan aslo kitob tushmagan otaxonni hech kim bu ishlarga undamaydi. U qalb amri, oʻz xalqi, Vataniga cheksiz mehr-muhabbati tufayli yurib charchamaydigan, maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlaridan aslo koʻngil uzmaydigan el-yurt ardogʻidagi fidoyi targʻibotchi sifatida kitoblarini qoʻltiqlab xalq orasiga kirib boraveradi. Yoshlar oʻrtasida diniy ekstremizmga, jinoyatchilikka qarshi kurash mavzularida olib boradigan targʻibot tadbirlarining son-sanogʻi yoʻq. Amudaryo telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Odoblar xazinasi” koʻrsatuvining ijodkori, tashkilotchisi, muallifi ham Bekman otaning oʻzlaridir. “Odoblar xazinasi” koʻrsatuvining kitobxonlik, milliy-maʼnaviy qadriyatlar, urf-odat va anʼanalar, oila tutumlari, farzand tarbiyasi, ota-onaga hurmat va ehtirom kabi mavzulardagi har bir soni tomoshabinlar eʼtiborini qozonganining oʻzi otaxonning benazir xizmati hisoblanadi.

Tinib-tinchimas otaxon goh Qanglida, goh Qilichboy va Boʻzyop, Doʻrman ovullarida yoshlar, pir-u badavlat otaxon va onaxonlar davrasida mustaqillik gʻoyalari, shu bilan birga Prezident Farmon va Qarorlarida sharh etilgan yangi-yangi imkoniyatlarni hayotga joriy etish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar targʻibotini yuritishdan aslo charchamaydilar. Otaxonning bu fidoyiligi hukumatimiz tomonidan munosib baholandi.  U “Ardaqli nuraniy” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi, bu xushxabar nafaqat otaxonning farzandlari va yaqinlari, balki Amu elimizning barcha hududlarida yashovchi har bir insonga quvonch bagʻishladi. Chunki oʻzining halol mehnati tufayli el-yurt eʼtiboriga hurmatiga munosib Bekman ota Allaberganov har bir amudaryolikning ardoqli otaxonidir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026