DAVLAT XIZMATLARIDAN FOYDALANISh YeNGILLAShTIRILDI
Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini, ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish borasida izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra, 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subʼektlaridan:
a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni:
-ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
-narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
-sudlanmaganlik;
-manzil-maʼlumot axboroti;
-fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi;
-turar joyning maydoni;
-soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi;
-soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilganligi;
-pensiya va nafaqa miqdori;
-pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjud yoki mavjud emasligi;
-nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi;
b) quyidagi hujjatlarni:
-shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
-shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
-tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining maʼlumotnomalari;
-mehnat daftarchalari va ularning nusxalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda soʻrash bundan mustasno);
-ish haqi va ish stajini, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlovchi arxiv maʼlumotnomalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda soʻrash bundan mustasno);
-kadastr hujjatlari va ularning nusxalarini talab qilish bekor qilinadi.
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishda yuqorida keltirilgan hujjat va maʼlumotlarni maʼsul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab oladi.
Ushbu hujjat yoki maʼlumotlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi.
Husniddin Ibodullayev, tuman Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶