SOBIQ IŞÇIGA TÖLANMAGAN IŞ HAQLARI UNDIRIB BERILDI
Har qanday nizoni murosa va tinçlik yöli bilan hal qiliş xalqimizga xos odatlardan sanaladi. Ota-bobolarimiz azal-azaldan özaro kelişmovçiliklarni tinçlik yöli bilan hal qilib, yaraşitiriş çorasini körib kelgan. Millatimizga xos bölgan bu ezgu fazilatlar qonunlarimizda ham aks etgan.
Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi tomonidan körilgan navbatdagi mehnat nizosiga oid işlarning biri tomonlarning özaro kelişuvi bilan yakunlandi.
Voqeaga batafsilroq töxtaladigan bölsak, fuqaro M.B. tuman Adliya bölimiga ariza bilan murojaat qilib, 2018-, 2019- va 2020-yillarda Qipçoq örmon xöjaligida işlaganligini, ammo iş beruvçi öşa paytda maoş tölamaganligini maʼlum qildi va uşbu davrdagi mehnat haqini undirib berişni söradi.
Murojaatni örganiş davomida haqiqatan ham fuqaro M.B. tuman Qipçoq Davlat örmon xöjaligiga 2018-yil 01-iyunda 14-k-sonli buyruq bilan asalariçi vazifasiga işga qabul qilingani, bunga fuqaro va iş beruvçi örtasida 2018-yil 1-iyunda tuzilgan 28-sonli mehnat şartnomasi asos bölgani aniqlandi. Daʼvogar bilan tuzilgan mehnat şartnomasi 2020-yil 29-avgustda bekor qilingani maʼlum böldi.
Hisob-kitoblarga köra M.B.ning 2018-yil 4 oyi uçun, 2019-yil 7 oyi uçun va 2020-yil 7 oyi uçun iş haqlari jami 15 mln. 868 ming 696 sömni taşkil qilganligi va uşbu oylik iş haqilari tölanmanganligi aniqlandi.
Vaholanki, Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasiga binoan mehnatga haq tölaş muddatlari jamoa şartnomasi yoki boşqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bölişi mumkin emas.
Tuman Adliya bölimi tomonidan 2021-yil fevral oyida daʼvogar M.B. manfaatida javobgar Qipçoq Davlat örmon xöjaligiga nisbatan iş haqi va yetkazilgan maʼnaviy zararlarni undiriş haqida daʼvo ariza kiritildi.
Sud muhokamasi davomida har ikki tomonning fikr va mulohazalari tinglandi. Har ikki tarafda ham mehnat şartnomasida belgilangan huquq va majburiyatlarini bajarişda kamçiliklar borligi aniqlandi. Oxir-oqibat tomonlar özaro murosa yölini tanlab, özaro kelişuv yölini tanlaşdi.
Daʼvogar 15 mln. 868 ming 696 söm oylik iş haqining yarmiga daʼvo qilib, qolgan summadan voz keçdi. Şunga köra Fuqarolik işlari böyiça tuman sudining tomonlarning kelişuv bitimini tasdiqlaş haqidagi ajrimi bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, daʼvogar foydasiga javobgar taşkilotdan 7,5 mln. söm iş haqilari undirib berildi.
M.Matyusupov, tuman Adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶