21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 09:25
Jamiyat 👁 261

MAJBURIYaTLAR BAJARILIŞIDA JARIMA VA PENYaNING ROLI VA ÖZIGA XOS XUSUSIYaTLARI

MAJBURIYaTLAR BAJARILIŞIDA JARIMA VA PENYaNING ROLI VA ÖZIGA XOS XUSUSIYaTLARI

Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uçun javobgarlik şartnomaviy hamda şartnomadan taşqari majburiyatlarni buzganlik uçun vujudga keladi.
Buning uçun majburiyatlarni bajarmaganlik va lozim darajada bajarmaganlikni bir-biridan farqlab olişimiz lozim. Bajarmaganlik şartnoma şartlarini (masalan, butunlay tölovni amalga oşirmaslik yoki yetkazib berilgan tovar uçun tölovdan boş tortiş yoxud işlarni bajarişni rad etiş va h.k.) töliq bajarmaslikni anglatadi. Lozim darajada bajarmaslik esa majburiyatlarni şartnoma şartlari va qonunçilik talablariga, bunday şartlar va talablar bölmaganida esa – iş muomalasi odatlariga yoki odatda qöyiladigan boşqa talablarga nomuvofiq bajarişni bildiradi. Olingan majburiyatlarning bajarilişini taʼminlaşning keng tarqalgan usullaridan biri neustoyka hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 260-moddasining birinçi qismiga binoan qonun hujjatlari yoki şartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga tölaşi şart bölgan pul summasi neustoyka hisoblanadi.
Qonuniy neustoyka Özbekiston Respublikasining “Xöjalik yurituvçi subʼektlar faoliyatining şartnomaviy huquqiy bazasi töğrisida”gi Qonunining 25-32-moddalarida belgilanib qöyilgan.
Fuqarolik kodeksining 261-moddasi birinçi qismiga asosan neustoyka ikki şaklga, yaʼni jarima va penyaga ajratilgan. Qarzdor majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda tölaydigan va qoida tariqasida, qatʼiy pul summasida hisoblanadigan neustoyka jarima hisoblanadi.
Qarzdor majburiyatlarning bajarilişini keçiktirib yuborganida tölaydigan va ötkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uçun majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka penya hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudi Plenumining 2007-yil
15-iyundagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uçun mulkiy javobgarlik töğrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qöllaşning ayrim masalalari haqida”gi 163-sonli qarorining 16-bandida tuşuntiriş berilişiça, penya va jarimalarning hisoblanişi majburiyatni bajariş muddati tugagan kunning ertasidan boşlanadi. Şuning uçun tomonlarning kelişuvida majburiyatlarni bajarişning boşlanğiç va oxirgi muddatlari aniq körsatilgan bölişi kerak. Aks holda esa, kreditor tomonidan majburiyatlarni bajariş talab qilingan (masalan, talabnoma yoki ogohlantiriş xati yuborilgan) kundan boşlab 7 kunlik muddat ötgaç jarima va penyaning miqdorini hisoblaş boşlanadi.
Sud amaliyotidan misol keltiradigan bölsak (şaxslar nomlari özgartirilgan), daʼvogar “G’ANISHER-GOLD” xususiy savdo va işlab çiqariş firmasi javobgar “ZOXID QURILISH” masʼuliyati çeklangan jamiyatidan 90 mln. söm asosiy qarz, 9 mln. jarima va 45 mln. söm penya, jami 144 mln. söm undiriş töğrisidagi daʼvo arizasi bilan Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat qilgan.
Daʼvogar vakili sud majlisida daʼvo arizasida körsatilgan talablarni qöllab-quvvatlab, javobgardan 90 mln. söm asosiy qarz va 45 mln. söm penya undirişni, şuningdek, yuqoridagi Plenum qarorida berilgan tuşuntirişlardan kelib çiqib, 9 mln. söm jarimani undirmaslikni söragan.
Natijada, iqtisodiy sudning hal qiluv qaroriga asosan daʼvo arizasi qisman qanoatlantirilib, javobgar “ZOXID QURILISH” MÇJdan daʼvogar “G’ANISHER-GOLD” XSIÇF foydasiga 90 mln. söm asosiy qarz, 31 mln. 500 ming söm penya, jami 121 mln. 500 ming söm hamda iş uçun tölangan 2 mln. 700 ming söm davlat boji va 17 840 söm poçta xarajati undirilgan.
Daʼvo talabidagi 9 mln. söm jarima undiriş qismi böyiça esa, oldindan tölab çiqilgan davlat bojining 180 ming sömi javobgardan daʼvogar foydasiga undirilmasdan, daʼvogarning zimmasida qoldirilgan.
Demak, sudga asossiz kiritilgan jarima yoki penyaning miqdoriga mutanosib ravişda daʼvogardan ham davlat boji undiriladi yoki oldindan tölab çiqilgan bölsa, daʼvogar zimmasida qoldiriladi.


Q.Xojamurodov, Beruniy tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi.  

B.Bekmurodov, Beruniy tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026