QIMOR OʻYININI TAShKIL ETGAN HUQUQBUZARLAR JAZOLANDI
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish qonunga xilof ish sanaladi va bu jinoiy javobgarlikka tortishga asos boʻladi. Maʼlumki, bunday oʻyinlar koʻngilsiz hodisalarni keltirib chiqaradi.
Tumanimizdagi Kilichboy ovulida profilaktika inspektori tomonidan shu hududda yashovchi fuqaroning oʻz uyida tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyinini qonunga xilof ravishda tashkil qilib, boshqalarni ham jalb etayotganligi aniqlangan. Bu holat IIB xodimlari tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilib, 78 dona oʻyin kartalari va 477 ming 500 soʻm pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan. Oʻyinda ishtirok etganlar Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 191-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan xuquqbuzarlikni sodir qilganlikda ayblanib, jazoga tortildi.
Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida bu boʻyicha oʻtkazilgan ochiq sayyor sudda huquqbuzarlar qilmishidan pushaymonligini aytib, kechirim soʻrashdi. Shuni inobatga olgan holda sud tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida jarima jazosi qoʻllanildi.
Shu kuni oʻtkazilgan ochiq sayyor sudda hududda yashovchi, muqaddam ogʻir jinoyat sodir qilgan 3 nafar shaxs ustidan “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talabidan kelib chiqib, maʼmuriy nazorat oʻrnatildi.
S.Davletmurodov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶