25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 09:25
Jamiyat 👁 119

YoShLARGA OID DAVLAT SIYoSATI SOHASIDAGI IShLAR MUHOKAMA ETILDI

YoShLARGA OID DAVLAT SIYoSATI SOHASIDAGI IShLAR MUHOKAMA ETILDI

Mamlakatimizda kelajagimiz vorislarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kafolatlash borasida aniq manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. Joylardagi kabi tumanimizda ham ochiq muloqotlar, yuzma-yuz suhbatlar tashkil etilib, yoshlarning ish bilan bandligi, uy-joy taʼminoti, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, taʼlim olishga va kasb oʻrganishga boʻlgan talablarini qanoatlantirish choralari koʻrilmoqda.

13-mart kuni tuman hokimligining majlislar zalida oʻtkazilgan navbatdagi yigʻilishda ham yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarni oʻrganish, mavjud muammolarni bartaraf etishga doir masalalar koʻrib chiqildi.

Mazkur yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshligʻi, 3-ishchi guruh rahbari Bahodir Kucharov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi transport vaziri Sultonboy Saparov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri Saylovboy Mambetkadirov, “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi mutaxassisi Temur Aytmuradovlar ishtirok etdilar. Shuningdek, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Jasur Davletov, tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, yoshlar yetakchilari,  56 nafardan ortiq yoshlar qatnashishdi.

Yigʻilishni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochib berdi. Hokim oʻz soʻzida yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini roʻyobga chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanganini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, tumanda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga  keng jalb qilish, istiqbolli gʻoyalari, loyihalarini amalga oshirish orqali bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida soʻz yuritdi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshligʻi, 3-ishchi guruh rahbari Bahodir Kucharov soʻzga chiqdi va Prezident Shavkat Mirziyoyevning birinchi marta oʻtkazilgan Oʻzbekiston yoshlari forumiga tashrif buyugani, soʻzlagan nutqi haqida gapirdi. Davlat rahbarining Uchinchi Renessans, yosh volontyorlar faoliyati, yoshlar bilan ishlash boʻyicha Toshkent tajribasi, “Yoshlar: 1+1” dasturi, yoshlar kichik sanoat zonalarini tashkil etish kabilar boʻyicha takliflar bildirib oʻtgani, tadbirkorlikka oʻqigan yoshlarga 14 foizlik kreditlar ajratish va boshqa masalalarga doir muhim vazifalar belgilangani, ushbu vazifalarning amaldagi ijrosi xususida soʻz yuritdi. Prezidentimizning yoshlarga ishonch bilan “Biz yurtimizda qanday islohotlarga qoʻl urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-gʻayratingiz, azm-u shijoatingizga suyanamiz” degan soʻzlari barchaga dasturilamal boʻlishi lozimligini taʼkidlab, yoshlarni fidoyi va vatanparvar boʻlishga chaqirdi.

 Yigʻilishdan soʻng, yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi. Tadbir davomida 16 nafar yoshlar tomonidan turli masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar asosan tumandagi vakansiya oʻrinlari haqida, IT dasturlash boʻyicha oʻqitishni tashkil etish, mutaxassisligiga koʻra ishga joylashishda amaliy yordam koʻrsatish kabi masalalar boʻyicha qabul qilindi. Shuningdek, 3 nafar yosh “Har bir yoshga – bir gektar” loyihasi doirasida yer ajratib berishda amaliy yordam soʻradi.

Undan tashqari, tumanda yoshlarning uy-joy taʼminoti, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, taʼlim olishga va kasb-hunar oʻrganishga boʻlgan qiziqishlari borasidagi taklif va muammolari ham tinglandi.

Yigʻilish soʻnggida masʼullarga yoshlar tomonidan bildirilgan har bir taklif, muammo va kamchiliklar yuzasidan aniq yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, belgilangan muddatlarda ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash choralarini koʻrish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan monitoring yuritish vazifasi topshirildi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026