“Sogʻlom bola yili” yangiliklari
9-iyun
"Avj baraka servis" masʼuliyati cheklangan jamiyati "Barakat taksi" belgisi ostida shahar, shahar atrofi va shaharlararo yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashish faoliyatini boshladi.
(Reklama huquqi asosida. Xizmat litsenziyaga ega).
10-iyun
Amudaryo akademik litseyida oʻquvchilarga diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish, yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish maqsadida tayyorlangan "Oydinda oy qidirganlar” va "Hujra ortidagi hiylalar" hujjatli filmlari namoyish qilindi.
11-iyun
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati M.Ahmedova oʻz saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
12-iyun
Payshanba - Xonadon va ekologiya kuni deb belgilanganligi munosabati bilan Qangli OFYdagi "Salomatlik” sektori aʼzolari xonadonlarda boʻlishib, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish, tevarak-atrofni ozoda tutishning ahamiyati toʻgʻrisida oila boshliqlari va uy bekalari bilan suhbatlar oʻtkazdi.
13-iyun
"Barkamol avlod" bolalar markazi tashabbusi bilan bir guruh bolajonlar ishtirokida Nukus shahriga sayohat uyushtirildi. Markazning turli toʻgarak aʼzolari muzey va bolalar istirohat bogʻida boʻlishdi. "Shoʻx bolalar" jamoasi "Yosh avlod" bolalar yozgi dam olish oromgohida dam olayotgan tengdoshlariga "Baxtli bolalik" nomli kontsert dasturini namoyish qildilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶