17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:04
Jamiyat 👁 86

UMUMXALQ XAYRIYa HAShARI UYuShQOQLIK BILAN OʻTKAZILDI

UMUMXALQ XAYRIYa HAShARI UYuShQOQLIK BILAN OʻTKAZILDI

Bayramlar, qutlugʻ kunlar oldidan hovlisi chor-atrofini tozalash, tartibga keltirish, xonadonini sarishta qilib qoʻyishdek xalqimizning  azaliy qadriyatlari davlatimiz siyosatida ham aks etadi.

Har yili Navroʻz va Mustaqillik bayramlari arafasida umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish, hududlarda keng koʻlamli obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkillashtirish, kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarga moddiy koʻmak berish, keksalar, nogironligi boʻlgan fuqarolar yashash xonadonlarini taʼmirlab, orasta va saranjom qilishga koʻmaklashishdek savobli  ishlarni amalga oshirish hayotbaxsh anʼanaga aylanib bormoqda.

Hukumatimiz farmoyishiga binoan, Navroʻz umumxalq bayramiga munosib tayyorgarliklar koʻrish, hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish maqsadida joriy yilning 13-martida “Obod va koʻrkam mahallam” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish belgilangan edi.

Ushbu tadbir tumanimizda ham  uyushqoqlik bilan oʻtkazildi. Bahorning 13-kuni boʻlsa-da, qish zahri ketmagan sovuq ob-havo sharoitida  tumanimizning koʻngilli boʻlib hasharga chiqqan aholisi hududlarni keng miqyosida koʻkalamzorlash, obodonlashtirishga erishib, har yilgi anʼanani davom ettirdilar. Ularning saʼy-harakatlari bilan koʻchalar, yoʻl boʻylari, ariqlar tozalanib, sanitariya holati yaxshilandi. Koʻp qavatli binolar, hovlilar atrofi tartibga keltirildi. “Mahallamga 30 tup daraxt mening tuhfam” shiori ostida yoʻllar boʻylari, yashil hududlarga gullar, mevali, manzarali daraxtlar koʻchatlari oʻtqazildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, yakka-yolgʻiz yashovchi shaxslarning, boquvchisini yoʻqotgan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga koʻmak berildi. Obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va  tozalash ishlarini amalga oshirish jarayonida toʻplanib qolgan chiqindilar maxsus belgilangan hududlarga chiqarib tashlandi.

Shu kuni ushbu harakatlarda jami 26 mingdan ziyod fuqarolar qatnashdilar. Ularning saʼy-harakatlari tufayli 57 gektardan ziyod maydonlarda obodonlashtirish ishlari olib borildi. 58 tonnadan ziyod maishiy chiqindilar chiqarib tashlandi. 75 ta qabriston obodonlashtirildi. 877 ming tubdan ziyod manzarali daraxat koʻchatlari, 273 tubdan ziyod mevali koʻchatlari, 204 tubdan ziyod gul koʻchatlari oʻtqazildi. 16 mingdan ziyod daraxtlarga shakl berildi va oqlandi.
Amalga oshirilgan ishlarga 48 ta texnikalar jalb etildi.

Shuningdek, 36 ta uy-joylar taʼmirlandi, 106 ta ehtiyojmand oilalarga moddiy yordamlar berildi. Shu jumladan 13 nafari yolgʻiz qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslardir.

Ozodalik, saranjomlik tobora goʻzallashib, obod boʻlib borayotgan yurtimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshadi. “Obod va koʻrkam mahallam” shiori ostida boʻlib oʻtgan umumxalq xayriya hashari davomida hududimiz qiyofasi oʻzgaribgina qolmay, mehrga, eʼtiborga, koʻmakka muhtoj koʻngillarga ham shodlik ulashildi. Axir donolarimiz bejizga “koʻngil-koʻngildan suv ichadi”, deyishmaganda.

Hashar-saranjom-sarishtalik, ahillik va hamjihatlik ramzi ekanligi yana bir bor namoyon boʻldi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019