OQLOV
Nukuslik Qidirbay Sultonov 2006-yildan buyon “Qoraqalpoq don mahsulotlari” ochiq aktsiyadorlik jamiyatida aralash yem mahsulotlari tsexida ishchi boʻlib ishlagan. Husnixati chiroyli boʻlgani bois korxona rahbarlari uni hisob-fakturalarni yozib berishga ham jalb qilib turgan. 2013-yili korxonada aralash yem mahsulotlarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilgan uyushgan jinoiy guruh aniqlanib, ular qatorida oddiy ishchi Qidirbay ham qamoqqa olinadi. 2014-yil 19-martdagi sud hukmi bilan 5-yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan Qidirbay Sultonov belgilangan jazo muddatining 1-yil 3 oy muddatini oʻtab boʻlgach, ozodlikdan mahrum qilish jazosi yengilrogʻiga almashtiriladi. Sababi – dastlabki tergov va birinchi instantsiya sudi uning ayblovda qayd etilgan hujjatlarni qalbakilashtirishda, moddiy javobgarlik, shu jumladan korxona mulkini talon-taroj qilishdagi ishtirokini isbot qilmagan holda barvaqt xulosaga kelgani aniqlanadi.
Shu yilning 5-mart kuni esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati Qidirbay Sultonovning shikoyatini jinoyat ishi materiallari bilan birgalikda koʻrib chiqib, quyidagicha ajrim qildi. Jinoyat ishlari boʻyicha Nukus shahar sudining 2014-yil 19-martdagi hukmining sudlangan Qidirbay Sultanovga oid qismi bekor qilinsin.
Q.Sultanov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismining “a,v” bandlari va 209-moddasi 2-qismining “a,b” bandlari bilan aybsiz deb topilib, ushbu moddalar boʻyicha uning qilmishida jinoyat tarkibi yuqligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi JPK 83-moddasi 2-bandiga oqlansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶