3-mart - Butunjahon yovvoyi tabiat kuni
"Ushbu kun men jahondagi korxona, kompaniya va xukumatlarni yer yuzidagi yovvoyi hayvon va oʻsimliklarni himoya kilishda oʻz hissasini qoʻshishga chaqirardim. Har birimizning harakatimiz yovvoyi tabiatning taqdirini yechadi. Yovvoyi tabiatning kelajagi bizning qoʻlimizda" degan edi BMTning 8-bosh kotibi Pan Gi Mun.
2013-yil 20-dekabr kuni BMT bosh assambleyasi oʻzining rezolyutsiyasida 3-mart kunini "Butunjahon yovvoyi tabiat kuni" deb elon qilgan edi. Bundan oldin 1973-yil 3-mart kuni Konventsiya imzolangan edi. Hozirgi kunda Konventsiya ishtirokchilar soni 183 mamlakatdan iborat boʻlib, uning nomi "Yoʻq boʻlib ketish xavfi bor fauna va flora savdosi" (SITES ). Bugungi kunda SITES himoyasida 5,8 ming hayvon va 30 ming tur oʻsimlik mavjud.
Yovvoyi tabiatning bebaholigi uning odomzodning ekologiya, genetika, ijtimoiy, iqtisodiy, fan va estetik tomonlarini rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi. Yovvoyi tabiat kuni insonlarni yovvoyi hayvon va oʻsimliklarning xilma-xilligiga va chiroiga etibor qaratishga chaqiradi va yordam beradi. Bu kun bizlarga yovvoyi tabiatga nisbatan qilinayotgan jinoyatlar bilan kurashish kerakligini va bularning oqibatlarini esga soladi.
S.Sodiqov, Qoraqalpogʻiston ekologik partiyasi Amudaryo tuman kengashi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶