15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 00:18
Jamiyat 👁 123

MTT tarbiyalanuvchilari salomatlik va toʻgʻri ovqatlanish tushunchalariga ega boʻlishdi

MTT tarbiyalanuvchilari salomatlik va toʻgʻri ovqatlanish tushunchalariga ega boʻlishdi

Inson jismonan sogʻlom boʻlsagina, oʻz hayotini toʻgʻri yoʻlga solaoladi, koʻzlagan rejalarini tizimli amalga oshiradi. Shuning uchun ham xalqimiz «sogʻlik – yarim davlat», degan hikmatga amal qilishga intilib yashaydi.
Haqiqatdan ham salomatlikdan ham ulugʻ boylik yoʻq, inson uchun. Ana shu ulugʻ boylikka erishishning birdan-bir omili – shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlodni jismonan sogʻlom insonlar qilib tarbiyalash, oilada ularning sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish, sanitariya-gigiyena talablariga mos shart-sharoitlar yaratish bugungi kunda har birimizning zimmamizdagi masʼuliyatli vazifa hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi «Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 4887-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 19-fevral kuni tumanimizdagi  43-sonli Maktabgacha taʼlim tashkilotida tuman Salomatilk Markazi shifokori Tamara Saidova rahbarligida «Salomatlik – tuman boylik, sogʻlom ovqatlanish – uzoq umr garovi» mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda mutaxassis shifokor Tamara Saidova shaxsiy gigena qoidalariga amal qilish koʻnikmasini bolalarga 4-5 yoshidan boshlashning foydalari haqida batafsil toʻxtaldi. Xususan, bolajonlar uchun moʻljallangan tish choʻtkalari, tish pastalarining turlari, ayniqsa, tish pastalarining bola ogʻiz boʻshligʻiga taʼsiri, tishlarning sogʻlom boʻlishidagi ahamiyati, tishi sogʻlom bolaning salmatligida umuman muammo boʻlmasligi haqida batafsil maʼlumot berdi. Shu bilan birga, bolaning sut tishlari tushib boshlagan paytda ota-onalar juda eʼtiborli boʻlishlari zarurligini taʼkidladi. Yaʼni, bolaning toʻgʻri ovqatlanishiga alohida ahamiyat qaratish, haddan tashqari koʻp shirinliklar isteʼmol qilishlari, energetik suvlar (Coca cola, Pepsi cola, Fanta)ni meʼyordan ortiq ichishlariga, shuningdek, sut tishlari oʻrniga yangi tishlar chiqayotgan paytda qattiq narsalar (turli meva danaklari, bodom, novvot)ni tishlarida ezib yeyishlariga yoʻl qoʻymaslik xususida zarur tavsiyalar berdi.


Tadbir davomida Tamara Saidova MTT xodimlarining savollariga ham batafsil javob berdi. Xususan, bolaning ruhiy tetikligiga erishish maqsadida unda har kuni shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish koʻnikmasini hosil qilish muhimligini taʼkidladi. Bunda bola har kuni bir vaqtda uyqudan uygʻonib, eng avval yuz-qoʻlini, tishlarini yaxshilab yuvishga odatlanishi, injiqlik qilmasdan, ertalabki nonushtani ishtaha bilan tamaddi qilib, atrof-muhitning doimo ozoda boʻlishiga eʼtibor qaratishga oʻrganishi muhim ahamiyatga ega boʻlib, bolaning oʻz ust-boshi, oʻtiradigan oʻrni, oʻyinchoqlarining toza boʻlishiga odatlanishi uning kelajakda saranjom-sarishta, ozoda va intizomli inson sifatida voyaga yetishida muhim oʻrin tutishini misollar orqali tushuntirdi.
Tadbir davomida bolajonlar tozalik, yoqimli ishtaha, sogʻlik tushunchalariga ega boʻlishdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026