25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 11:06
Jamiyat 👁 126

«AYoLLAR DAFTARI»GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR IShTIROKIDA YIGʻILISh OʻTKAZILIB, AMALIY MAShGʻULOT TAShKIL ETILDI

«AYoLLAR DAFTARI»GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR IShTIROKIDA YIGʻILISh OʻTKAZILIB, AMALIY MAShGʻULOT TAShKIL ETILDI

Joriy yilning 8-yanvar sanasida «Xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Hukumat qarori qabul qilinib, unga koʻra, «Ayollar daftari»ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan xotin-qizlarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha (33 mln. 450 ming soʻm) miqdorigacha kreditlar ajratish belgilab qoʻyildi.
Ushbu Qarorning «Xotin-qizlar muammolarini «Ayollar daftari»ni yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik tartibi» ilovasiga asosan «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan ayol-qizlarni oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha tadbirkorligini rivojlantirishga koʻmaklashish hamda yuqoridagi Hukumat Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tadbirkorlar Markazi mutaxassislari hamkorligida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda Amudaryo tumanidan «Ayollar daftari»ga kiritilgan 58 nafar xotin-qizlar hamda tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi masʼullari, mutaxassislari ishtirok etishdi.


Yigʻilishda Ayollar tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish, ularni kasb-hunar egallashga yoʻnaltirish, tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha kasb-hunar egallashlariga, shuningdek, tadbirkorlik boʻyicha oʻz biznes-loyihalarini ishlab chiqish, kredit olishlariga koʻmaklashishga oid qator masalalar muhokama etildi. Xususan, «Ayollar daftari»dagi roʻyxatni xolisona shakllantirish, chindan moddiy-maʼnaviy, psixologik koʻmakka muhtoj xotin-qizlarimizni aniqlab, ularning oyoqqa turib olishlari, oʻzlarini jamiyatning toʻlaqonli aʼzosi sifatida his qilishlariga koʻmaklashish eng muhim vazifa ekanligi, shu bois, ularning xonadonlariga kirib borib, ular bilan yaqindan muloqot qilgan holda muammolarini hal etish muhimligiga eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlandi.
Shuningdek, yigʻilish yakunida tumanimizdagi «Ayollar daftari» roʻyxatiga kiritilgan 58 nafar xotin-qizlar uchun bichish-tikish boʻyicha mashgʻulotlar ham oʻtkazildi.


Mashgʻulotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tadbirkorlar Markazining Bichish-tikish boʻyicha oʻquv kursi rahbari Dilfuza Bobojonova olib bordi. Mashgʻulotlarda uzviylikni taʼminlash maqsadida turli xil bichimdagi liboslar dizayni boʻyicha alohida-alohida tushunchalar berilib, liboslarni bichishdagi oʻlchov birliklari, oddiy, ish, koʻcha va tantanalar uchun liboslar tikib-tayyorlash, ularni fasllarga monand bezatish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Xotin-qizlar tomonidan tushgan barcha savollarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tadbirkorlar Markazi Bichish-tikish oʻquv kursi rahbari Dilfuza Bobojonova batafsil javob berdi. Ushbu yoʻnalish boʻyicha bank krediti asosida oʻz tadbirkorligini boshlash istagini bildirgan ayol-qizlarga zarur tavsiyalar berib, oʻzining shaxsiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.
Oʻquv kursida qatnashgan ayol-qizlarga mashgʻulotlar yakunlanganidan soʻng, sertifikatlar topshirildi. Xonadonlariga borib, shart-sharoitlari oʻrganilib, tijorat banklaridan kredit olishlariga koʻmaklashildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026