17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 05:34
Jamiyat 👁 383

POChTA ALOQA XIZMATI KOʻRSATISh YaXShILANMOQDA

POChTA ALOQA XIZMATI KOʻRSATISh YaXShILANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prizidentining «Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 14-dekabrda qabul qilingan 4921-sonli Qarori ijrosini taʼminlash  boʻyicha tuman Pochta aloqasi tarmogʻi tomonidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Pochta aloqasi tizimi bugungi kunda mamlakat hududlarida xat va pochta joʻnatmalari bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berish, bank, moliya va davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha oʻz infratuzilmasiga ega boʻlgan muhim soha hisoblanadi.
«Oʻzbekiston pochtasi» aktsiyadorlik jamiyati mamlakatimizning pochta aloqasi milliy operatori sifatida respublika miqyosida 2 mingga yaqin pochta aloqasi obʼektiga ega boʻlib, barcha aholi punktlarini qamrab olgan.
Yuqoridagi Prezident Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida va «Oʻzbekiston pochtasi» aktsiyadorlik jamiyatining 2021-yil 6-yanvardagi “6-sonli buyrugʻi asosida tuman Pochta aloqa tarmogʻi(PAT) tomonidan xalqimizga qulaylik yaratishga qaratilgan yoʻnalishlar boʻyicha xizmat koʻrsatish boʻyicha rejaviy tadbirlar belgilab olindi.
Unga koʻra, 2021yil 1-fevraldan boshlab tuman Pochta aloqa tarmoqlariga qarashli (shahar markazida) 4 ta joyda hamda qishloq joylardagi hududiy 9 ta aloqa boʻlimlarimizda, xususan, Oʻrta qala, Kuyuk koʻpir, Xitoy, Bobur nomli, Choykoʻl, Toʻlqin, Doʻrman, Qilichboy va Nazarxon  OFYlarda joylashgan tuman Pochta aloqa boʻlimlarida Davlat xizmatlari markazi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmat turlari boʻyicha 17 turdagi xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishga tushirildi.
Mazkur hududlardagi shoxobchalarda STIR aniqlash, yuridik shaxslar,jismoniy shaxslar hamda yakka tadbirkorlarning soliq qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish, nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish, fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti tizimiga olish, manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim qilish, sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun ariza yuborish, fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joy borligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida  maʼlumotnoma olish, arixitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha ariza, jismoniy shaxslar uchun soliq toʻlovchining indentifikatsiya raqami (STIR) olish, bolani davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish, bolalarni  davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish navbatini  tekshirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladi. Bundan tashqari, tugʻilganlik haqida, oʻlim roʻyhatga olinganligi, pensiya (nafaqa) haqida, narkologiya hamda ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida, shuningdek, doimiy (yoki vaqtinchalik) yashash joyi boʻyicha maʼlumotnoma olish kabi xizmat koʻrsatish yoʻnalishlari ham yoʻlga qoʻyildi.


Endilikda Pochta aloqa tarmogʻida elektron-tijorat bozoridagi faoliyatni rivojlantirish boʻyicha mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini onlayn sotish va mijozlarga yetkazib berish imkoniyatini beruvchi elektron-savdo maydonchasi axborot tizimini    yaratish hamda logistika markazlarini tashkil etish, tovarlarni saqlash va yetkazib berishni oʻz ichiga olgan xizmatlarni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish boʻyicha onlayn savdo maydonchasi tashkil qilinishi ham koʻzda tutilgan.
Yuqoridagi Prezident Qarori bilan 2021-yilda mamlakatimizdagi 42 ta namunaviy tuman (shahar)larda  pochta aloqasi korxonalarini trasformatsiya qilish loyihalarini koʻzda tutuvchi “Yoʻl xarita”larini belgilangan ilovalarga muvofiq amalga oshirish toʻgʻrisida takliflar maʼqullanib, pochta binolarini qayta qurish va taʼmirlash hamda ulardan unumli foydalanish rejalashtirilgan. Mamlakatimiz boʻyicha 267 ta, jumladan 2021-yilning birinchi choragida Qoraqalpogʻiston Respublikasida uchta tuman (Qoraoʻzak, Amudaryo va Qoʻngʻirot), shundan bizning  Amudaryo tumani PAT binosi zamonaviy koʻrinishda qayta rekonstrutsiya qilinib, 7 ta aloqa boʻlimlar binolari davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy koʻrinishda qaytadan barpo etish boʻyicha davlat dasturiga kiritilgan boʻlib, ushbu ishlar bajarilishi boʻyicha barcha tegishli hujjatlar tayyorlanib, tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Botir SAIDOV, Mangʻit Pochta aloqa tarmogʻi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019