15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 01:28
Fan va taʼlim 👁 242

Shohlik tojin kiyib, musofirlik tuzini ichgan buyuk shoir, olim, tarixchi va etnograf Z.M.Bobur bobomizga ehtirom koʻrsatildi

Shohlik tojin kiyib, musofirlik tuzini ichgan buyuk shoir, olim, tarixchi va etnograf Z.M.Bobur bobomizga ehtirom koʻrsatildi

Xalqimiz zakosi tufayli yaratilgan «oʻzga yurtda shoh boʻlgandan koʻra, oʻz yurtingda gado boʻlmoq afzal», degan hikmat asrlar osha oʻz qadr-qimmatini yoʻqotgan emas. Balki hayot taqozosiga koʻra, olis yurtlarda ishlab, oilasi, roʻzgʻori tashvishlarida yurgan insonlar uchun bu hikmat hayotiy xulosalar chiqarishda yanayam koʻproq jaranglamoqda.
Darvoqe, oʻzga yurt shohligidan oʻzi tugʻilib oʻsgan Fargʻona vodiysining durru marjoni – Andijon koʻchalarida bir martagina yalangoyoq kezishni, bir tilimgina yurt tuprogʻida ungan qovun taʼmini qayta his etishni umrining oxirigacha orzu qilib yashagan, shohlik davrida musofirlik tuzini ichgan, sharqshunos olim N.Vaselevskiy taʼbiri bilan aytganda: «botirligining cheki boʻlmagan, butun hayoti jasorat namunalari bilan toʻlib-toshgan buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlari uchun yuqoridagi hikmat butun hayoti davomida hamroh boʻlgan boʻlsa, ne ajab!
Joriy yilning 15-fevral sanasida 37-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan Z.M.Bobur tavalludining 538 yilligiga bagʻishlangan adabiy-musiqiy va maʼrifiy tadbirda oʻquvchi-yoshlar bu haqda toʻlib-toshib soʻzladilar. Z.M.Boburning jasorat, matonat hamda buyuk vatanparvarlik tuygʻulariga yoʻgʻrilgan maʼnaviy merosi, oʻz ona yurtida bir hovuch amalparast qarindoshlarining kirdikorlari tufayli qadr topmagan Bobur Mirzo yosh boʻlsa-da, oʻz qaddini tiklab, tarixda «Buyuk moʻgʻul imperiyasi» deb nom olgan davlat tuzib, Hind diyorida misli koʻrilmagan islohotlar olib borgani, pirovardida, tamoman tarqoq, diniy adovatlar kuchayib ketgan, eri oʻlgan ayolni erining jasadi bilan birga qoʻshib, tiriklay yoqib yuborishdek vahshiyona odatlar avj olgan Hindiston zaminini yaxlit qilib birlashtirish bilan birga bu yurtda tinchlik, oʻzaro hurmat, dinlararo bagʻrikenglik tamoyillarini yoʻlga qoʻygani, Bobur tuzgan bu davlatda adabiyot, tarix, maʼnaviyat, meʼmorchilik rivoj topgani haqida oʻquvchi-yoshlar maʼruzalar oʻqidilar.
Maktabning 8-10-sinflar oʻquvchilari tadbir davomida Bobur gʻazallari va ruboiylaridan oʻqib, ularning mazmun-mohiyati xususida maʼlumotlar berishdi. Oʻquvchi-yoshlar ikki guruhga boʻlinib, bahri-baytlar aytishib, oʻzaro musobaqalashdilar. «Yaxshiligʻ» radifli gʻazali matnini tahlil qilishib, Bobur ijodi va faoliyati boʻyicha olgan oʻz bilimlarini namoyish etdilar. Shu bilan birga Z.M.Bobur gʻazallari bilan aytiladigan mumtoz ashulalarga raqsga tushdilar.
Ushbu tadbirni tayyorlashda hamjihatlik bilan ish yuritgan maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Xosiyat Jumaboyeva hamda musiqa fani oʻqituvchisi Muhayyo Qurbonboyevalar Z.M.Bobur gʻazallari va ruboiylari tinglovchilarga manzur boʻlish uchun oʻquvchi-yoshlar bilan har bir gʻazal va ruboiy matni ustida tinimsiz ishlagani va tadbirning boshidan oxirigacha mumtoz musiqiy ohanglar jaranglab turgani ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, bahri-baytlar aytish musobaqasi juda maroqli oʻtdi. Bunda ishtirokchilarning hozirjavobligi, topqirligi, matnni toʻgʻri va ifodali, gʻazal va ruboiy janrlari xususiyatlarini inobatga olgan holda oʻqish uslublariga alohida eʼtibor berishdi. Bu esa oʻquvchi-yoshlar qalbida ulugʻ bobokalonimiz ijodiy merosiga boʻlgan hurmat va eʼtibor tuygʻularini yanada mustahkamladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026