MAHALLIY BYuDJET MABLAGʻLARI 2020-YIL DAVOMIDA MAQSADLI SARF ETILDI
2020-yil davomida tuman mahalliy byudjeti daromadlar rejasi 72 mlrd. 851 mln. 656 ming soʻmni tashkil qildi. Ushbu rejaning ijrosi 78 mlrd. 904 mln. 55 ming soʻmga, yaʼni reja 108,3 foizga 6 mlrd. 52 mln. 399 ming soʻmga ortiqcha bajarildi. Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetidan olingan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori 56 mlrd. 21 mln. 507 ming soʻmni tashkil qildi.
2020-yil davomida byudjet xarajatlari rejasi kiritilgan oʻzgarishlardan keyin jami 165 mlrd.100 mln. 198,72 ming soʻmni tashkil qildi. 2020-yil davomida byudjet mablagʻlari xarajatlari hisobidan jami 171 mlrd. 899 mln. 134,08 ming soʻmlik mablagʻlar sarflandi.
Jumladan, qishloq xoʻjaligi va obodonlashtirish sohasiga jami 15 mlrd. 16 mln. 584,67 ming soʻm sarf-xarajat qilindi. Bu jami byudjet xarajatlari hajmining 8,7 foizini tashkil qildi. Maktabgacha taʼlim sohasiga jami 7 mlrd. 471mln. 920,77 ming soʻm sarf-xarajat qilindi. Bu jami byudjet xarajatlari hajmining 3,34 foizini tashkil qildi. Shundan maktabgacha taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan bolalarning oziq-ovqat xarajatlari uchun 2 mlrd. 690 mln.478,2 ming soʻm, subsidiyalar uchun 2 mlrd. 170 mln. 713,1 ming soʻm sarflandi. Taʼlim sohasiga jami 14 mlrd. 942 mln. 145,31 ming soʻm sarf-xarajat qilinib, byudjet xarajatlari hajmining 8,69 foizini tashkil qildi.
Madaniyat va sport sohasiga jami 9 mlrd. 951mln. 924,97 ming soʻm sarf-xarajat qilindi. Sogʻliqni saqlash sohasiga jami 62 mlrd. 960 mln. 535,49 ming soʻm sarflandi. Ijtimoiy taʼminot sohasiga jami 51 mlrd. 99 mln. 371,83 ming soʻm sarf-xarajat qilindi. Boshqaruv organlari sohasiga esa jami 6 mlrd. 353 mln. 943,48 ming soʻm sarflandi. Oʻzini oʻzi boshqarish organlari sohasiga 4 mlrd. 651 mln. 907,28 ming soʻm ishlatildi. Zaxira jamgʻarmasi mablagʻari uchun jami 3 mlrd.126mln.615,02 ming soʻm, boshqa xarajatlarga 2 mlrd. 594 mln.185,26 ming soʻm sarf qilindi.
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining va tuman hokimining tegishli qaror va farmoyishlari asosida byudjet mablagʻlari tasdiqlangan rejasidan tashqari jami 13 mlrd.937 mln.720,14 ming soʻm sarf etildi. Shuningdek, yil boshidagi erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan jami 5 mlrd. 477 mln. 432,49 ming soʻm mablagʻ ishlatildi.
Yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va tuman maxalliy byudjetlari daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan qoʻshimcha jami 8 mlrd. 460 mln. 287,65 ming soʻm sarflandi.
U.Bekniyazov, Moliya boʻlimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶