HARBIY XIZMATChILAR UChUN SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI
Nukus harbiy prokuraturasi tomonidan Nukus shahrida oʻtkazilgan sayyor qabulda masʼullar Qoraqalpogʻiston Respublikasi DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari bilan uchrashdi.
Tadbirda ishtirok etgan masʼullar Qoraqalpogʻiston Respublikasi DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida soʻz yuritdi. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, eng avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu-tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerakligi, xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerakligini taʼkidladi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumani hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi, tumandagi Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, Ichki ishlar boʻlimi va harbiy qism masʼullari ishtirok etib, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari tomonidan qilingan murojaatlarning ijobiy hal qilinishiga koʻmaklashdilar. Asosan imtiyozli uy-joy xarid qilish uchun kredit olish, xizmat joyini boshqa hududga oʻzgartirish, bandligini taʼminlash va boshqa masalalarda boʻlgan murojaatlarga yechim topish boʻyicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

D.Turumbayev, Nukus shahar harbiy prokuraturasi prokurori oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶