QILIÇBOY OVULIDA “BIR ASRNING IKKI DAHOSI” NOMLI ADABIY-MUSIQIY TADBIR ÖTKAZILDI
Xalqimizning maʼnaviy dunyosi şakllanişida samarali taʼsir körsatgan uluğ bobokalonlarimiz juda köp. Uluğ zotlar içida Navoiy va Bobur bobomizning nomi, hayot yöli, ijodi adabiyotimiz xazinasida öz örniga ega.
Bir asrning ikki dahosi... Ular buyuklardan-da buyuk. Ölmas asarlari bilan salkam 600-yildan beri yaşab kelmoqda. Ikki buyuk daho haqida gapiriş, ularni ehtirom ila yodga oliş biz uçun ham qarz, ham farzdir. Şu bois bu yil yurtimizda uluğ bobokalonlarimiz Navoiy tavalludining 580 yilligi va Bobur tavalludining 538 yilligi keng nişonlanmoqda.

11-fevral kuni Qiliçboy madaniyat markazi va 69-sonli maktab öquvçilari hamkorligida uluğ ajdodlarimizga ehtirom sifatida “Bir asrning ikki dahosi” nomli adabiy-musiqiy tadbir ötkazildi. Tadbirni maktab direktori Dilşod Babaniyozov oçib berdi. Tadbirda iştirok etgan tuman Xalq taʼlimi bölimi uslubçisi Ötkir Matmurodov ham sözga çiqib, ikki buyuk bobomiz hayoti va ijodi haqida sözladi.
Tadbirni 9-sinf öquvçisi Gözaloy Yöldoşeva olib bordi. Eng yoş iştirokçilardan 1-«A» sinf öquvçisi Otajon Farhodov Navoiy ruboiylarini ifodali yod aytib, olqişlarga sazovor böldi. Şuningdek, öquvçilar ijrosidagi mumtoz kuy va qöşiqlar, sahna körinişlari va raqslar adabiy keçaga özgaça şukuh bağişladi.

Buyuk insonlar Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bağişlab ötkazilgan uşbu tadbir barçaga juda manzur böldi.
Mahbuba Sariyeva, 69-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶