MAKTABDA NAVOIYXONLIK KEChASI OʻTKAZILDI
Yurtimizda Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan keng miqyosda navoiyxonlik kechalari oʻtkazilmoqda.
Tumandagi 31-sonli umumtaʼlim maktabida ham ushbu sana munosabati bilan navoiyxonlik kechasi tashkil etildi. Maktabning pedagogik jamoasi va oʻquvchilar ishtirok etgan tadbirda Alisher Navoiyning oʻzbek tili va adabiyoti rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi, yoshlarni yuksak maʼnaviyatli, teran tafakkurli insonlar etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ijodining ahamiyati xususida soʻz yuritildi.
Maktabning 7-“V” sinf oʻquvchilari hamda fan oʻqituvchisi Sh.Yangiboyeva hamkorligida tayyorlangan ushbu tadbirni maktab direktorining maʼnaviyat va maʼnaviyat masalalari boʻyicha direktor oʻrinbosari D.Oʻrozaliyeva ochib, Navoiy hayoti va ijodiga doir qiziqarli maʼlumotlarni soʻzlab berdi. Shundan soʻng, oʻquvchilar shoir asarlaridan namunalar oʻqib, dostonlari asosida sahna koʻrinishlari namoyish etishdi. Oʻquvchi-qizlar tomonidan A.Navoiyning “Chiroyligim” gʻazalidan tayyorlangan qoʻshiqqa ijro etilgan raqs, sahna koʻrinishlari hammaga juda manzur boʻldi.

Taʼlim dargohlarida oʻtkazilayotgan bu kabi xayrli ishlar ulugʻ mutafakkirlarimiz asarlari mazmunini chuqur anglashga, yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga, mehr-oqibat va oʻzaro hurmat tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shahnoza Xoʻjamurodova, 31-sonli maktab yoshlar yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶