MTT TARBIYaLANUVChILARI A.NAVOIY OBRAZINI GAVDALANTIRDI
5-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida Alisher Navoiy bobomizning 580 yilligiga bagʻishlab Navoiyxonlik kechasi boʻlib oʻtdi. Kechada MTTning maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilar qatnashdilar. Kechada bolajonlar gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomizning gʻazal va hikmatli soʻzlarini yoddan aytib berishdi. Ayniqsa, bolajonlar ishtirokidagi «Non isi», «Alisher va bulbul», «Sher va Durroj» sahna koʻrinishlari barchaga zavq-u shavq bagʻishladi.


Tarbiyalanuvchilar sahna koʻrinishlari orqali Navoiy davridagi oʻziga xos muhitni ochib berdilar. Tadbir soʻngida tashkilot rahbari Hafiza Oʻrozmetova soʻzga chiqdi va bolajonlarni buyuk siymolar bilan yana bir bor tanishtirib, ular yaratgan betakror asarlarni har bir bola mehr-muhabbat bilan oʻrganishi zarurligini taʼkidladi. Bugungi jajji bolajonlar kelajakda buyuk bobomiz Navoiy kabi buyuk insonlar boʻlib voyaga yetishishiga tilakdoshlik bildirdi. Jajji bolajonlar ishtirokidagi tadbir barchada yaxshi taassurot qoldirdi.


Gulchehra YuLDAShEVA,
5-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti uslubchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶