15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 03:00
Fan va taʼlim 👁 235

TABIIY FANLAR BOʻYIChA BELLAShUV OʻTKAZILDI

TABIIY FANLAR BOʻYIChA BELLAShUV OʻTKAZILDI

Respublikamizda barcha xalq taʼlimi muassasalarida oʻtgan oy mobaynida kimyo, biologiya va fizika fanlari oyligi oʻtkazildi. Fan oyligi davomida oʻqituvchilarning ijodiy faolliklarini kuchaytirish, isteʼdodli, ijodkor oʻqituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini oʻrganish, targʻibot qilish, taʼlim sifatini oshirish hamda taʼlim jarayonida qoʻllanilayotgan uslublarni takomillashtirish maqsadida ochiq darslar va boshqa tadbirlar tashkil etildi.

Tumandagi 1-sonli umumtaʼlim oʻrta maktabida ham kimyo, biologiya, fizika fanlari oyligiga bagʻishlangan tadbirlar samarali oʻtkazildi. Oylikning dastlabki kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirlardan boshlab, keyingi jarayonlardagi ochiq oʻquv mashgʻulotlari, davra suhbatlari, laboratoriya mashgʻulotlari, koʻrgazmali seminarlar oʻquvchilarning tabiiy fanlarga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirdi.

Ayniqsa, oylik yakunida oʻtkazilgan “Tabiiy fanlar  izdoshlari” nomli tadbirda oʻquvchilar fan boʻyicha olgan bilimlari yanada oshgani, koʻproq maʼlumotlarga ega boʻlganini namoyon qildilar.

Tadbirda maktabning 7-sinf oʻquvchilarining  “Mendeleyev”, “Ibn Sino” hamda “Isaak Nyuton” jamoalari  bellashdilar. Tadbirni maktab direktorining maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha oʻrinbosari ochib berib, fan oyligi doirasida oʻtkazilgan tadbirlarning taʼlim sifatini oshirishdagi ahamiyatiga keng toʻxtaldi. Shuningdek, oʻquvchilarga mazkur fanlarning ahamiyati, hayot davomidagi oʻrni haqida keng tushunchalar berib, bellashuv ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi. 

Tadbirni maktabning 10-sinf  oʻquvchi-qizlari  chiroyli qoʻshiq va raqs bilan boshlab berdi. Shundan soʻng, oʻquvchilar tadbirni oʻzlarining fanga doir sheʼrlari, savol-javob tarzidagi bilimlar sinovi, qiziqarli kimyoviy tajribalar, skanvordlar yechish va erkin mavzu kabi shartlar boʻyicha tayyorlagan chiqishlari bilan davom ettirdilar. 

  Tadbirda ishtirok etgan oʻquvchilardan Adham Rahimov, Hakimbek Toʻrayev, Ahror Soatboyev, Farida Norimbetova, Shahzoda Egamberganovalar tomonidan kimyo fani boʻyicha koʻrsatib berilgan tajribalar barchaning qiziqishini oshirdi. Tajriba oʻtkazish boʻyicha namoyishlarda 8-sinf oʻquvchisi Hilola Bozorboyeva ham faol ishtirok etib, fan boʻyicha koʻnikmalarga ega ekanligini koʻrsatib berdi. Undan tashqari, biologiya fanidan Siroj Murodboyev, Umida Jamolovalar, fizika fani boʻyicha Akbar Matkarimov, Suroj Omonboyevlar qiziqarli tajribalar koʻrsatishdi. Oʻquvchilar skanvordlar yechish sharti davomida ham tabiiy fanlardan egallagan bilim va koʻnikmalaridan kelib chiqib, mahoratlarini namoyish etishdi. Erkin mavzu boʻyicha chiqishlarda ham oʻquvchilar mohirona ijrolari bilan tomoshabinlarning eʼtiborini qozondi.

Tadbir taassurotlarga boy tarzda juda qiziqarli oʻtkazildi. Maktabning kimyo fani oʻqituvchilari Nargiza Xolboyeva, Inobat Ibragimova va kimyo-biologiya fanlari boʻyicha laborant Roza Madrahimova, biologiya fani oʻqituvchisi Moʻʼtabar Ahmedova, fizika  fani oʻqituvchisi Dilnoza Qodirova va laboranti Nargiza Oʻrozboyevalar tomonidan oʻquvchilar bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan tadbir barcha oʻquvchilarga va oʻqituvchilarga nihoyatda manzur boʻldi.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026