TAʼLIMGA EʼTIBOR – KELAJAKKA EʼTIBOR
Prezidentimiz tomonidan taʼlim sohasiga berilayotgan yuksak eʼtibor, davlatimiz tomonidan öqituvçilarga, ustoz degan şarafli kasb egalariga bölgan hurmat-ehtiromning yanada kuçaytirilişi bizni juda ham ruhlantirib yubordi. Şu örinda aytiş joizki, taʼlimda bölayotgan yangilanişlar öz navbatida biz – taʼlim sohasi xodimlariga katta bir masʼuliyat yuklamoqda.
Prezidentimizning Murojaatnomasida aytib ötilganidek, bu yil oliy taʼlimga qabul parametrlari 2016-yilga nisbatan 2,5 barobarga ösişi va oliy taʼlim bilan qamrab oliş darajasi 9 foizdan 25 foizga yetkazilişi – kelajagimiz egalari bölgan yoşlarimizga bölgan katta imkoniyatlar böldi desak mubolağa bölmaydi. Ehtiyojmand oilalarning mingga yaqin qizlari ilk bor oliy öquv yurtlariga alohida davlat grantlari asosida qabul qilinişi esa, Oliy taʼlim oliş imkoni bölmagan, iqtisodiy jihatdan qiynalayotgan yoşlarni davlatimiz tomonidan qöllab quvvatlanişining natijasidir.
Prezidentimiz olğa surgan, taʼlim sifatini çekka qişloqlarda ham poytaxtdagidek yuqori darajaga yetkaziş ğoyasi, olis hududlarga borib faoliyat körsatiş istagida bölgan öqituvçilarning qöllab-quvvatlanişi, taʼlim sohasi xodimlariga berilayotgan yuksak işonçning natijasidir. Bu işonç va yaratilayotgan imkoniyatlar hamda qöllab quvvatlaşlar – biz öqituvçilarga öz kasbimizga bölgan masʼuliyatimizni yanada çuqur his qilişni talab etadi.
Endi biz oddiy öquv dasturlari va metodik qöllanmalar bilan emas, balki xalqaro mezonlarga moslaştirilgan öquv dasturlari va metodik qöllanmalar orqali taʼlim berişga ötmoqdamiz. Kelgusi öquv yilidan boşlanğiç sinflarda davlat taʼlim standartlari örniga xorijiy tajriba asosida, bolalarga ortiqça yuklama bermaydigan “Milliy öquv dasturi” ning joriy qilinişi, biz öylaymizki, maktab taʼlimi va tarbiyasini olgan yoşlarning kelajakda rivojlangan davlatlar yoşlari bilan raqobatlaşişdan tap tortmaydigan kelajak egalarining yanada köpayişiga zamin yaratadi.
Yalğaşboy Şomurodov, 26-sonli maktab direktori, Özbekiston xalq taʼlimi aʼloçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶