25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 12:14
Jamiyat 👁 252

SEKTOR RAHBARI QILIChBOYLIK YoShLAR BILAN UChRAShDI

SEKTOR RAHBARI QILIChBOYLIK YoShLAR BILAN UChRAShDI

Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining salmoqli qismini tashkil etadigan yoshlarning hayotda oʻz oʻrinlarini topishi, oʻqishi va munosib sharoitlarda mehnat qilishi, yashashi uchun gʻamxoʻrliklar koʻrsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan hisoblanadi.

Qilichboy ovul fuqarolar yigʻinida Davlat xavfsizlik xizmati, tuman hokimining oʻrinbosarlari, korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tuman prokurori rahbarlik qiladigan 2-sektor ishchi guruhi aʼzolarining oʻtkazgan “Prokuror va yoshlar uchrashuvi” ham yoshlar muammolarini oʻrganish, ularning orzu-intilishlari bilan tanishib, qoʻllab-quvvatlash maqsadlariga qaratildi.

Uchrashuvga 38 nafar ovul yoshlari va fuqarolar ishtirok etdilar.

Uchrashuvni tuman prokurori Javlonbek Muftullayev ochdi va ovulning ishsiz yoshlarining bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning muammolarini oʻrganish va imkon qadar joyida hal qilish, yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, qobiliyatlarini namoyon etishlariga sharoit yaratish maqsadida jonli muloqot tashkil etilganini, mamlakatimiz rahbari muhtaram Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz” deya ularga yuksak ishonch bildirganini, qilichboylik yoshlar ham ana shu ishonchga munosib boʻlmogʻi lozimligini taʼkidladi.

Shuningdek 2-sektor ishchi guruhi aʼzolari ham soʻzga chiqib, yoshlar hayotidagi muammolarni oʻrganish va hal etish borasidagi olib borilayotgan ishlar hamda yoshlarning odob-ikromli boʻlishi, muomala, kiyinish madaniyatiga amal qilishi, jamiyatda yurish-turishi bilan boshqalarga oʻrnak boʻlishi lozimligi xususida targʻibot-tashviqotlar olib borilayotganligi haqida gapirdilar.

Shundan soʻng, tuman prokurori, 2-sektor rahbari Javlonbek Muftullayev uchrashuvga kelgan yoshlar bilan yuzma-yuz suhbat oʻtkazdi va murojaatlarini tingladi.

Hudud yoshlari yoshlar sanoat zonasidan tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun yer va imtiyozli kredit olishda, kasbga oʻqitish masalasida, tikuvchilik tsexi ochishi uchun imtiyozli kredit olishda va boshqa masalalarda amaliy yordam soʻrab murojaatlar qilishdi.

Shuningdek, yoshlar parrandachilik, chorvachilik yoʻnalishida tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyib,  oʻz-oʻzini  band qilish uchun kredit olishda, kasbga tayyorlash yuzasidan yordam soʻradilar.

Yoshlarning murojaatlarining ayrimlari joyida hal etildi, ayrimlarini hal etish yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriq berildi va ijrosi 2-sektor ishchi guruhi nazoratiga olindi, ayrimlariga huquqiy maslahatlar berildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan tumandagi korxona, tashkilotlar, tijorat banklar filiallari rahbarlari tegishliligi boʻyicha yoshlarning savollariga javoblar berdilar.

Uchrashuv soʻngida tuman prokurori Javlonbek Muftullayev dehqonchilik bilan shugʻullanish istagini bildirgan bir guruh ishsiz yoshlarni hududdagi ajratib berilishi mumkin boʻlgan  yerlar haritasi bilan tanishtirdi.

Yoshlar hayotiga yoki ular yashayotgan hududlarga daxldor muammolarni aniqlash va hal etishga koʻmaklashish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlariga koʻmaklashish, fikr-takliflarini tinglash va qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Prokuror va yoshlar uchrashuvi” qilichboylik yoshlarga yuqori mativatsiyalar berdi, orzu-istaklari sari dadil intilishga chorladi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026