FAVQULODDA VAZIYaTLAR VA YoNĞINLAR PROFILAKTIKASI KUNI ÖTKAZILDI
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimida bugungi kunda 78 nafar şaxsiy tarkib, şu jumladan, 6 nafar şartnoma asosidagi harbiy xizmatçilar va 72 nafar işçi-xizmatçilardan iborat jamoa mehnat qiladi.
Tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi yonğin nazorati va profilaktikasi, pormativ-texnik, favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi va fuqaro muhofazasi faoliyatini taşkil etiş, xavfsizlik tarğiboti, yonğin-qutqaruv qismlaridan iborat yönalişlarda iş olib boradi.
Yonğin nazorati va profilaktikasi yönalişi böyiça davlat tasarrufidagi obʼektlarning yonğinga qarşi holatini körikdan ötkaziş, kamçiliklar uçrasa – yozma körsatmalar beriş, ijrosi taʼminlamasa, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning tegişli moddalariga asosan maʼmuriy jarimalar qöllaş amalga oşiriladi. Aholi honadonlarining yonğinga qarşi holati közdan keçirilib, mavjud muammolar bartaraf etiş böyiça yöl-yöriqlar berilib, yonğinlarning, is gazidan zaharlanişning oldini oliş borasida tarğibot-taşviqot olib boriladi. Şuningdek, sodir bölgan yonğinlarning sabablari örganiladi, tergovga qadar tekşiruv işlari olib boriladi.
Normativ – texnik yönalişda yangidan qurilişi rejalaştirilgan bino-inşootlar yoki tadbirkorlik sohasiga tegişli quriliş işlari uçun ajratilayotgan yer maydonlari örganiladi va xulosalar beriladi. Quriliş obʼektlarida yonğin va texnika xavfsizligiga rioya qilinişi böyiça joyiga çiqib örganiladi.
Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi va fuqaro muhofazasi faoliyatini taşkil etiş, xavfsizlik tarğiboti, yonğin-qutqaruv qismlari yönalişlari böyiça olib boriladigan işlar ham juda dolzarb va ahamiyatlidir. Har haftaning çorşanba kuni “Favqulodda vaziyatlar va yonğinlar profilaktikasi kuni” deya belgilangani munosabati bilan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar bu borada muhim örin tutadi. 27-yanvar kuni ham “Favqulodda vaziyatlar va yonğinlar profilaktikasi kuni” tadbirlari ötkazildi.
Dastlab profilaktika kuni munosabati bilan şaxsiy tarkib aʼzolari iştirokida yiğiliş ötkazilib, bölinmalar boşiqlariga topşiriqlar berildi va xodimlarning iş faoliyatiga doir lavhalar namoyiş etildi. Keyin Favqulodda vaziyatlar bölimi 3-Kasbiylaştirilgan yonğin-qutqaruv qismi qutqaruvçilarining kasbiy tayyorgarligi va yonğinni bartaraf etiş böyiça saf tayyorgarligi böyiça amaliy va nazariy öquv maşğulotlari ötkazildi.
Şundan söng Favqulodda vaziyatlar binosi oldida hamkorlikdagi xizmatlar bilan 4 ta sektorlarga bölingan holda is gazidan zaharlaniş, gaz havo aralaşmasi çaqnaşining oldini oliş böyiça profilaktik tadbirlar ötkaziş uçun hududlarga yöl oldilar.
Tadbirlar davomida Olmazor mahalla hududida olib borilayotgan quriliş obʼektida xavfsizlikni taʼminlaş böyiça, is gazidan zaharlaniş, gaz-havo çaqnaşining oldini oliş borasida profilaktik suhbatlar olib bordilar.
Şuningdek, Boyovul mahallasidagi köp qavatli uylardagi xonadonlarda yonğin xavfsizligi qoidalariga amal qilinişi nazoratdan ötkazildi, aholiga yonğin kelib çiqişi, is gazidan zaharlanişning oldini oliş hamda botulizm, ovqatdan zaharlaniş, quturiş kasalliklaridan saqlaniş yuzasidan tavsiyalar berdilar.
Ötkazilgan mazkur profilaktik tadbirlar tumanimiz aholisining tinç-osoyiştaligiga xizmat qilgani bilan ahamiyatli böldi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶