16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:40
Jamiyat 👁 2,451

ASRANDI SINGIL

ASRANDI SINGIL

(Voqeiy hikoya)

Inson hayoti turli xil chigalliklardan iborat. Baʼzan bu chigalliklar zanjirini yechishga inson umri kamlik qiladi. Baʼzan yetti uxlab tushga ham kirmagan voqealar koʻz oʻngimizda namoyon boʻladi.

Kuz kunlari edi, havo bulutli, xuddi shu kuni noxush voqea boʻladiganday. Koʻchada uncha odamlar koʻrinmaydi. Tursunovlar oilasida katta bayram, chunki qizi Guliraʼno yetti yoshga toʻladi. Bu yil maktabga boradi. Guliraʼno xuddi onasiga oʻxshagan, yuzida quvonch nurlari porlab turadigan yoqimtoygina, biroz qizgʻanchiqroq qiz. Guliraʼnoning onasi Xolida opa yaxshigina pazanda ayol. U qizining tugʻilgan kuniga atab kattakon tort pishirdi. Xolida opa dasturxonni oʻzi pishirgan pishiriqlar va shirinliklar bilan bezatdi. Nogahon eshik qoʻngʻirogʻi chalindi, Xolida opa eshikni ochdi. Atrofda hech kim yoʻq. Koʻchadan bolalar va uzoqdagi mashina ovozi eshtiladi, endi eshikni yopayotganda pastdan gʻalati ovoz keldi. Xolida opa hayron boʻlib zinapoya tagiga qarasa, shiringina chaqaloq yigʻlayapti. Xolida opa kimdir ataylab tashlab ketganini bildi. Chunki u mehribonlik uyida tarbiyachi boʻlib ishlardi. U chaqaloqni mehribonlik uyiga olib borgisi kelmadi. Qizaloqqa Yulduz deb ism qoʻyishib, Xurshid aka bilan Xolida opa oʻz nomlariga rasmiylashtirib olishga qaror qilishdi. Bu Guliraʼnoga yoqmadi. Uni Guliraʼnoning xonasiga olib kirib, qizining jajjigina kiyimlarini kiygizdi. Qizaloqning qorni ochdimi, "inga”lashni boshladi. Xolida opaning hayoliga rahmatli qaynonasining usuli keldi. Bolani qizining belanchagiga yotqizdi-da chaqaloqqa ovqat tayyorlash uchun chiqib ketdi. Uni tayyorlash ancha vaqt olardi. Qizaloq u kelgunicha rosa yigʻladi. Goʻyoki u ochlikdan emas ona mehriga toʻyolmagandek yigʻlardi.

- Shunday shirin qizaloqni tashlab ketishga nima sabab boʻlgan ekan? Bu faqat pastkashlikdan boshqa narsa emas. Jazosini xudo beradi hali.

Oradan bir yil oʻtdi. Yulduzning bir yoshga toʻlishi munosabati bilan qarindoshlarni chaqirishdi. Hamma xursand, faqat Guliraʼnoning qovogʻi ochilmadi. Yulduz unga talpinib, yoniga borganida Guliraʼno uni siltab tashladi. Yulduz yigʻlab yubordi. Guliraʼno bunga parvo ham qilmadi. Shu bilan tugʻilgan kun ham rasvo boʻldi. Xolida opa Yulduzni olib bagʻriga bosdi. "Tushunib qolar” – deb umid qildi. Kunlar ketidan kunlar, yillar ketidan yillar oʻtdi. Guliraʼno Yulduz katta boʻlgani sayin unga koʻp ish buyurar, opalik burchini bajarmas, uni singlisiday koʻrgisi kelmasdi. Yulduz opasining nega bunday qilayotganini sira ham tushunmasdi. Baʼzan omborxonaga borib hech kimga bildirmasdan yigʻlab olardi. Ota-onasiga bildirgisi kelmasdi.

Oradan yigirma yil oʻtdi. Guliraʼno oliy oʻquv yurtini bitirdi. Va oʻzi tanlagan oʻqituvchilik kasbida ishlay boshladi, oradan shuncha yil oʻtsa-da Yulduzga boʻlgan oʻgaylik tuygʻusi soʻnmadi. Guliraʼno turmushga chiqdi. Qaynonasi Zarifa opa ajoyib ayol boʻlib, mahalla faollaridan edi. Ozodalikni yaxshi koʻradigan Zarifa opa Guliraʼnoga bilmaganlarini yotigʻi bilan tushuntirar, baʼzan jahl qilib "singling Yulduz boshqacha, sen unga oʻxshamaysan”, - deb urushib berardi. Guliraʼno doim Yulduz bilan oʻtkazgan vaqtlarini eslab, singlisining epchilligiga ichidan qoyil qolsa-da, sezdirmasdi. Zarifa opa Guliraʼno singlisini yoqtirmasligini sezganday boʻldi. U kelinini chaqirib:

- Qizim, singlingni yoqtirmasligingni bilaman, bu ishing notoʻgʻri, kech boʻlmasdan singling bilan yarash, mehribonroq boʻl. Ota-ona bu dunyodan oʻtgandan soʻng mehrni tugʻishganlaringdan koʻrasan, bolam, kengroq boʻl, - dedi.

Shunday kunlarning birida dadasi Xurshid aka yurak xurujidan vafot etdi. Oʻshanda sadrxonada belini bogʻlab, uning dardiga yelka tutgan yakka-yu yagona dardkashi shu – asrandi singlisi boʻldi. Ota vafoti uchun Guliraʼnodan kam kuymadi qiz boyaqish. Bir kunda soʻlib qolgan Yulduzni Guliraʼno birinchi marta "aylanayin singiljonim”, deb bagʻriga bosdi. Xolida opa ham oʻgʻil, ham qiz boʻlib yonida turgan jigarbandlarini quchoqlab, yigʻlab yubordi. Oʻshanda Guliraʼno inson mehr bilan, issiq chehra va samimiyat bilan tirikligini ilk marta his etdi.

Shahnoza Sobirova,

16-maktab oʻquvchisi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026