Şimoliy-ğarbiy harbiy okrugi zobitlari tumanimiz yoşlari bilan uçraşdi
Prezidentimizning «Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyaçilari kunini nişonlaşga tayyorgarlik köriş va ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoyişiga köra, Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyaçilari kunini nişonlaşga tayyorgarlik köriş va uşbu sanani munosib ötkaziş maqsadida 2020-yil 15-dekabrdan 2021-yil 15-yanvar sanasigaça mamlakatimizda Vatanparvarlik oyligini ötkaziş belgilandi. «Kim Vatanga sodiq bölsa, mendirman öşa!» umumiy şiori ostida Vatan himoyaçilari kuniga bağişlangan tadbirlarni eng çekka hududlarda ham ötkaziş, unga umumtaʼlim maktabining çaqiriqqaça yoşlarni tayyorlaş böyiça mutaxassislarini keng jalb qilişga eʼtibor qaratildi. Çunki ösib kelayotgan yoş avlod qalbiga vatanparvarlik tuyğusini yoşlikdan singdirib borişda çaqiriqqaça yoşlarni tayyorlaş mutaxassislarining roli muhim ahamiyatga ega.
2021-yilning 7-yanvar sanasida Manğit şahridagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida Vatanparvarlik oyligi doirasida bölib ötgan uçraşuv tadbirida tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarining çaqiriqqaça yoşlarni tayyorlaş böyiça mutaxassis öqituvçilari, umumtaʼlim maktablarining faol, jamoatçi öquvçilari, şuningdek 21131-sonli şimoliy-ğarbiy harbiy okrugi zobit va askarlari iştirok etdilar.

«Kim Vatanga sdoiq bölsa, mendirman öşa!» şiori ostida Vatanparvarlik oyligi doirasida ötkazilgan mazkur tadbirda 21131-sonli şimoliy-ğarbiy harbiy okrugi maʼnaviy-tarbiyaviy masalalar böyiça masʼul mutaxassis Temirov Suhrob Şodiquloviç uçraşuv iştirokçilariga harbiy qurollar, texnikalar hamda mamlakatimiz Qurolli Kuçlari safida xizmat qilayotgan zobit va askarlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, şuningdek Özbekiston Qurolli Kuçlarining harbiy salohiyati xususida gapirib, yoşlarning savollariga batafsil javob berdi.
Şuningdek, tadbirda tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği Azizbek Jonuzoqov Vatan himoyaçisi böliş har bir yigit uçun şon-şaraf ekanligini, buning uçun yoşlar avvalo jismonan yetuk, soğlom, dunyoqaraşi keng, tarix, matematika kabi fanlardan çuqur bilimga ega, soğlom fikrli bölişi zarurligi, yoşlarning öz iqtidorlarini namoyon etişlari, bilim asoslarini egallaşlari uçun mamlakatimizda zarur şart-şaroit yaratilgani haqida keng töxtalib ötdi.
Qiziqarli savol-javoblarga boy ötgan uçraşuv tadbirida Özbekiston Yoşlar Agentligi tuman bölimi boşliği Jasur Davletov mamlakatimizning turli hududlarida muddatli harbiy xizmat burçlarini ötayotgan tumanimiz yoşlari haqida uçraşuv tadbiri iştirokçilariga faxrlanib sözlab berdi.

Tadbir davomida tuman madaniyat bölimi sanʼatkorlari hamda 9-sonli Bolalar musiqa maktabi öquvçilari hamkorlikda tayyorlagan kontsert dasturi namoyiş etilib, tuman XTBga qaraşli maktablarning bir guruh çaqiriqqaça yoşlarni tayyorlaş böyiça mutaxassislari yoşlarni harbiy vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaş borasidagi alohida yutuqlari uçun tuman Mudofaa işlari bölimi tomonidan taqdirlandilar.

Uçraşuv tadbirining yakuniy qismida iştirokçilar zamonaviy harbiy qurol-aslahalar körgazmasi bilan tanişdilar. Şu bilan birga 21131-sonli şimoliy-ğarbiy harbiy okrugi harbiylari tomonidan qöl jangi, harbiy sport maşğulotlari, bayramona marş sadolari ostida qadam taşlaş kabi harbiy maşqlar ham namoyiş etilib, safda yuriş qoidalari amalda körsatib berildi.
Vtanparvarlik oyligi doirasida «Kim Vatanga sodiq bölsa, mendirman öşa!» şiori ostida bölib ötgan harbiy zobitlar va yoşlar uçraşuvi iştirokçilarda ona yurtga çeksiz mehr-muhabbat, Vatanga sodiqlik tuyğusini yanada mustahkamladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶