XORAZM VA QORAQALPOGʻISTON XALQLARINING ASRIY ORZUSI
Bugun Qoraqalpogʻiston va qardosh-qondosh Xorazm ellari tarixida muhim voqea yuz bermoqda. Ikki xalqning asriy orzu-niyatlari roʻyobga chiqayotir.
“Yoʻllari ravon yurtning turmushi farovon”, degan ibora bor xalqimizda. Qurilishi boshlanayotgan Amudaryo orqali oʻtuvchi temir va avtomobil yoʻllari koʻprigi shu zaminning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy rivojida juda muhim rol oʻynashi aniq.
Koʻprik qurilishi oʻzidan-oʻzi boʻlmaydi. Birinchi navbatda katta mablagʻ talab qilinadi, bu ulkan inshoot qurilishiga katta eʼtibor qaratayotgan muhtaram Prezidentimizga, Respublika hukumatiga cheksiz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Bundan oʻttiz yillar oldin hozirgi ponton koʻprik va yoʻllar tizimida toʻrt yil ishlaganman, ponton koʻprikni ekspluatatsiya qilishdagi muammolarning deyarli barchasini bilaman, desam xato boʻlmaydi. Ayniqsa, qishning kelishi va qishdan bahorga chiqish kezlari nihoyatda ogʻir kechar edi.
Mana, Xudo xohlasa, zamonaviy meʼmoriy yechimga ega koʻprik qurilib, ishga tushirilsa, koʻp qiyinchiliklar unut boʻlib ketadi, bundan tashqari, yuzlab odamlar ish bilan taʼminlanadi.
Men fursatdan foydalanib, tumanimizdagi nuroniy ota-onalarni vaqtincha ishsiz yurgan yoki xorijda ishlayotgan farzandlarimizni shu ulkan qurilishda ishlashga jalb qilishda faollik koʻrsatishga chaqiraman.
Tumanimiz tarixida ilk bor amalga oshirilayotgan bu ulkan inshootning oʻz vaqtida qurib bitkazilishida quruvchi-muhandislarga, loyiha ijodkorlariga Yaratgandan omonlik hamda madad tilayman.
Jangaboy Rajapov, mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶