19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 09:01
Jamiyat 👁 100

NAVOIY NOMLI MAHALLADA TUMAN FVB TOMONIDAN AMALIY-TAKTIK MAShGʻULOT OʻTKAZILDI

NAVOIY NOMLI MAHALLADA TUMAN FVB TOMONIDAN AMALIY-TAKTIK MAShGʻULOT OʻTKAZILDI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha hududiy komissiyasining 2020-yil 25-noyabrdagi hamda tuman hokimligining 2020-yil 28-noyabr sanasidagi majlisi bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida “Aholini va hududlarni Favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish oyligi” oʻtkazilmoqda. Ushbu oylik doirasida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan turli mavzularda amaliy-taktik va oʻquv mashgʻulotlari, fuqarolar muhofazasi bilan bogʻliq davra suhbatlari, ovul  va mahallalar fuqarolar yigʻinlari vakillari ishtirokida tushuntirish-targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

2020-yilning 25-dekabr sanasida Mangʻit shahridagi Navoiy nomli mahalla fuqarolar yigʻini faollari va aholi vakillari ishtirokida Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlarining qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda “Quturish kasalligining oldini olish uchun daydi hayvonlarni yoʻq qilish” mavzusida amaliy-taktik  maxsus oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Oʻquv mashgʻulotiga Amudaryo tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimining Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi fuqaro muhofazasi faoliyatini tashkil etish xavfsizlik xizmati targʻibot boʻlinmasi boshligʻi Bekzod Tojiboyev rahbarlik qildi.

Navoiy nomli mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi koʻchada istiqomat  qiluvchi fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarga asosan hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda “Quturish kasalligining oldini olish va daydi hayvonlarni yoʻq qilish” mavzusida oʻtkazilgan amaliy-taktik oʻquv mashgʻulotida avvalo, ushbu mahalla fuqarolaridan birini daydi it tishlab olgani, jabrlangan shaxsga tez tibbiy yordam koʻrsatilib, uni toʻliq davolash choralari koʻrilgani aytib oʻtildi.

Bundan tashqari, hududga  tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi hamda tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi mutaxassislari zudlik bilan kelishib vaziyatni oʻrgangani, jarohat olgan shaxsning quturish kasalligiga  qarshi emlangani xususida batafsil maʼlumot berildi. Shu bilan birga, mahalla hududidagi  xonadonlar oʻrganilib, uylarda aholi tomonidan boqilayotgan uy hayvonlarini quturish  kasalligiga qarshi emlash va emlanganlik holati uy hayvonlariga berilgan pasportda qayd etilishi kerakligi taʼkidlandi.

Boʻlib oʻtgan amaliy-taktik oʻquv mashgʻulotida tuman Obodonlashtirish boshqarmasining qarovsiz hayvonlarni tutish brigadasiga 2020-yilning dekabr oyi davomida 19 ta ariza kelib tushgani taʼkildab oʻtildi. Murojaatlar asosan tumanimizning Oq oltin, Xolimbeg, Amir Temur nomli, Xitoy, Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻinlari, shuningdek, Qipchoq shaharchasi, Uyshin, Chordara, Ayoqchi mahallalari hissasiga toʻgʻri keladi. Ushbu murojaatlar ijrosini taʼminlash maqsadida qarovsiz va xavfli deb hisoblangan 72 bosh daydi itlar, 28 bosh daydi  hayvonlar ushlanib, maxsus qafaslarda maʼlum muddat boqilgach, quturish kasalligi alomatlari boʻlmagan hayvonlar, agar egasi murojaat qilsa, maxsus yoʻl-yoʻriq va tavsiyalar orqali zarur tushunchalar berilib, egalariga qaytarish choralari koʻrildi. Quturish kasalligi alomatlari kuzatilgan hayvonlar esa tegishli tartibda yoʻq qilindi. Quturish kasalligi alomatlari kuzatilgan hayvonlar qaysi hududdan keltirilgan boʻlsa, oʻsha hududdagi barcha uy hayvonlari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi mutaxassislari tomonidan quturish kasalligiga qarshi tegishli tartibda emlash ishlari olib borildi.

Boʻlib oʻtgan amaliy-taktik oʻquv mashgʻulotida ishtirokchilarga bu borada toʻliq maʼlumotlar berildi. Shu bilan birga har bir fuqaroning “Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish oyligi”da faol ishtirok etishi zarurligi, bu esa xalqimizning tinch, osoyishta va sogʻ-salomat hayot kechirishida muhim ahamiyatga ega ekanligi amaliy mashgʻulotlar orqali koʻrsatib berildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026