KÖPRIK VA TEMIR YÖL QURILIŞI XALQIMIZ UÇUN QUVONÇLI XUŞXABAR BÖLDI
Ötgan yili sentyabr oyida Möynoq tumanida Muhtaram Prezidentimiz bilan uçraşuvda Amudaryo tumani ahliga köprik masalasi asosiy muammolardan biri ekanligini aytib ötgan edik. Ertasi kuniyoq Prezidentimiz Amudaryo tumaniga köprik va temir yöl qurilişi haqidagi xabarni eʼlon qildilar. Bu xabarni tuman ahli ğoyat xursand bölib kutib olişdi. Mana bugun qurilişi boşlanişining guvohi bölib turibmiz.
Azizlar, mana şu aslida maʼnan eskirgan ponton köprik 1982-yilda olib kelib örnatilgan. Uzunligi 305 metr.
Bugungi yangi qurilişi rejalaştirilgan köprik 413 metr uzunlikda bölayotgani, avtotransport va temir yöl uçun möljallanganligi juda quvonarlidir.
Şariatimizda amallar niyatlarga boğliqdir, deyiladi.
Bu köprikni mamlakatimiz, xususan, Amudaryo elining farovonligiga xizmat qilişini muhtaram Prezidentimiz niyat qilgan edilar. Biz ana şu niyatning amalga oşişi uçun qöyilgan birinçi qadamga guvoh bölib turibmiz. Qiş bölişiga qaramasdan Amudaryo xalqining bugungi kayfiyati bahoriydir. Bu xabarni eşitgan nuroniylarimiz Allohga behisob şukronalar aytib, yurtimiz tinçligi uçun duo qilmoqdalar.
Yana bir marta qilingan yaxşi niyatlarimizni Alloh özi qöllasin, deymiz. Qurilişni boşlaşga şay bölib turgan quruvçilarga Yaratganning özi madadkor bölsin!
Azizlar, şu fursatdan foydalanib, barçangizni kirib kelayotgan yangi 2021-yil bilan samimiy qutlayman. Yangi yilda xonadonlaringizda tinçlik, xotirjamlik va omonlik bölişini tilayman.
Bekman ALLABERGANOV, nuroniy.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶