YoShLAR IShTIROKIDAGI TADBIRDA HARBIY TEXNIKALAR KOʻRGAZMASI TAShKIL ETILDI
Amudaryo tumanida oʻtkazilayotgan Yoshlar festivali doirasida Amir Temur nomli ovulda shu hudud yoshlari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Uchrashuv tadbirida Oʻzbekiston Yoshlar agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Jasur Davletov, 9202-harbiy qism komandirining oʻrinbosari Sanjarbek Toshmatov, tuman hokimining chegara masalalari boʻyicha yordamchisi Oybek Shomurodov, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mutaxassisi Zafar Abdullayev, Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻini raisi Oybek Yusupov, 4-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Otabek Xidirboyev hamda Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Yoshlar bilan dildan suhbat, oshkora va samimiy muloqot ruhida oʻtgan uchrashuv tadbirida masʼullar yoshlar oʻrtasida turli sport musobaqalarini oʻtkazish, ularning oʻzlari qiziqqan sport yoʻnalishlari bilan muntazam shugʻullanishlari uchun davlatimiz tomonidan, xususan, tumanimizda yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanib, yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar haqida faxrlanib gapirdilar. Shu barobarida ovul yoshlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, oʻqishda, ishda, tadbirkorlik sohasida, sportda oʻz qobiliyatlarini namoyon etayotgan yoshlar nomini tilga olib, ularning kelgusi ishlarida yutuqlar tiladilar.
Tadbirda zamonaviy harbiy texnikalar koʻrgazmasi ham tashkil etildi. Ovul yoshlari ushbu koʻrgazmani katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Shu bilan birga qalblarida joʻsh urgan vatanparvarlik tuygʻularini ham yashirmadilar. Ular kelajakda harbiy boʻlish, Vatan oldidagi oʻz yigitlik burchlarini sharaf bilan ado etishga tayyor ekanliklarini izhor etdilar.
Harbiy texnikalar koʻrgazmasi orqali Vatanimizning harbiy kuch-qudrati va salohiyati bilan yaqindan tanishgan yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Tadbirda ishtirok etayotgan harbiy mutaxassislar yoshlar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob qaytardilar.
Boʻlib oʻtgan uchrashuv tadbiri yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasidagi intilishlarini ragʻbatlantirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi va yoshlar qalbida ona Vatanga muhabbat tuygʻularini yanada mustahkamladi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶