JANJALKASh AYoL JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTILDI
Maktab – taʼlim va tarbiya maskani. Unda yosh avlod ilmli boʻlish bilan birga odob-axloqni ham oʻrganadi. Ustozlardan olgan bilimlari bilan hayotda oʻz oʻrnini topadi va bir umrga ulardan minnatdor boʻlishadi.
Ammo yoshlarga taʼlim-tarbiya berib kelayotgan ayrim oʻqituvchilar oʻzaro hurmat saqlash, atrofdagilarga, oʻquvchilarga oʻrnak boʻlish oʻrniga janjallashib, bir-biriga jarohat yetkazib, huquqbuzarlik sodir qilsa, buni qanday izohlash mumkin?..
Nukus shahridagi umumtaʼlim maktablaridan birida oʻqituvchi boʻlib ishlab kelayotgan Sumbuloy Qoʻchqorova (ism-familiyalar oʻzgartirilgan) shu maktab direktori oʻrinbosari Muhayyo Karimova bilan oʻrtalaridagi oʻzaro ziddiyatlar sabab asabiylashdi va buni hal qilish maqsadida uning xizmat xonasiga shiddat bilan kirib bordi. Unga jahl ustida yomon soʻzlar aytib, haqorat qildi. Hatto stol ustida turgan Muhayyo Karimovaga tegishli boʻlgan qoʻl telefonini olib, shu telefon bilan uning boshiga tushirdi. Toʻpolonni avjiga chiqarib, hamkasbini doʻpposlay boshladi.
Natijada Muhayyo Karimovaga sogʻliqning qisqa muddatga buzilishiga sabab boʻlgan tan jarohati, yengil shikast yetkazdi.
Har tomonlama nafaqat yoshlarga, balki atrofdagi barchaga oʻrnak, namuna boʻlishi kerak boʻlgan Sumbuloy Qoʻchqorova oʻzining bu harakatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 109-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblandi va tegishli jazoga tortildi.
Umida Orazbayeva, Nukus shahar IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tergovchisi, mayor.
(Illyustrativ foto)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶