15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 08:02
Fan va taʼlim 👁 301

BOLAJONLAR KONSTITUTsIYaMIZNING 28 YILLIGINI BAYRAM QILDILAR

BOLAJONLAR KONSTITUTsIYaMIZNING 28 YILLIGINI BAYRAM QILDILAR

Mamlakatimizda bayramlar koʻp. Biri-biridan goʻzal, betakror bayramlar barchaga, shu barobarida jajji bolajonlarga olam-olam zavq bagʻishlaydi. Shu bois, dekabr oyining ilk kunlaridanoq  tumanimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari, adabiy-badiiy  musiqiy kechalar boshlanib ketdi.

Ana shunday tadbirlardan biri 3-sonli MTTda  ham koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. “Konstitutsiyamiz – baxtimiz Qomusi” deb nomlangan mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda MTT tarbiyalanuvchilari, ularning ota-onalari ham pedagog-tarbiyachilar ishtirok etishdi.

Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, tadbirda Konstitutsiyamizning  xalqimiz, ayniqsa, murgʻak bolajonlar hayotida  tutgan oʻrni, undagi har bir moddaning mazmun-mohiyatini murgʻak bolajonlar ongiga singdirish maqsadida onalik va bolalikni muhofaza etish, baxtiyor bolalik, ularning voyaga yetishi, oʻqishi, yaxshi sharoitlarda yashashi, kelajagi haqidagi davlatimizning beqiyos gʻamxoʻrligini bolajonlarning oʻz oilaviy hayoti hamda yaratilgan  shart-sharoitlar misolida tarbiyachi-bogʻcha  opalari tomonidan tushuntirib berildi.

Oʻz navbatida bolajonlar ham tarbiyachi-bogʻcha opalari yordamida yodlagan ona Vatanni, ota-onani, doʻstlik va tinchlikni madh etuvchi sheʼr va qoʻshiqlarini ijro etishdi. Konstitutsiyamizning bola huquqlariga oid moddalarini tarannum etuvchi  sheʼrlar oʻqishib, tadbir ishtirokchilari boʻlgan ota-onalariga faxr va quvonch bagʻishladilar.

Tadbirda bolajonlar tomonidan vatanparvarlik, ona tabiat, doʻstlik mavzularidagi bolajonlar solgan suratlar ham namoyish etildi. Ayniqsa, millatlararo totuvlikni oʻzida mujassam etgan bolajonlarning quvnoq raqslari barchaga manzur boʻldi.

Bayram tadbirida tuman Maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlimi uslubchilari Nodira Tojimurodova hamda Nafisa Oʻrozmetovalar ishtirok etishib, bolajonlarni Konstitutsiyamizning 28 yilligi bayrami bilan tabriklashdi. Bolajonlarning kelajakda bilimdon, ona Vatanga munosib farzandlar boʻlib voyaga yetishlarida ezgu tilaklar tilashdi.

Bayram tadbirini tayyorlashda tarbiyachi-pedagoglar Manzura Allaqulova, Saida Allaberganova, Svetlana Oʻtaboyeva, Latofat Jumamurodova, Nodira Oʻtaboyeva, Nafisa Abdullayeva, Saida Iskandarova, Iroda Ibodullayevalar hamkorlikda ish olib borishdi. Bayramni katta shodiyonalik bilan, hamjihatlikda nishonlash maqsadida bolajonlar bilan birgalikda muassasa zalini bezatishdi. Kichkintoylarning oʻz qoʻllari bilan yasagan plastilin oʻyinchoqlar, rang-barang gullar va sharlar, ertak qahramonlari aks ettirilgan rasmlar koʻrgazmasi tashkil etilgani bayramga yanada oʻzgacha shukuh bagʻishladi.

“Konstitutsiyamiz – baxtimiz Qomusi” deb nomlangan mazkur bayram tadbiri yakunida birdamlik, tinchlik va doʻstlik hamda vatanparvarlikni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi. Bolajonlar ota-onalari, tarbiyachi-bogʻcha opalari bilan birgalikda joʻr boʻlib, qoʻshiq kuyladilar va raqsga tushdilar.

Muyassar XALILLAYeVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026