14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 23:57
Fan va taʼlim 👁 433

Xalq deputatlari tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

Xalq deputatlari tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

2020-yil 11-dekabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining 22-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyaga tashrif buyurgan masʼullar dastlab hokimlik binosida Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlardan tashkil etilgan koʻrgazmani tomosha qildilar.

Shundan soʻng, nufuzli sport musobaqalarida ishtirok etib, Amudaryo tumani sharafini himoya qilib kelayotgan gʻolib sportchilarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Tuman hokimi tomonidan qizlar oʻrtasida Toshkent shahrida Konstitutsiyamizning 28 yilligiga bagʻishlab, futzal boʻyicha qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida faxrli 2-oʻrinni egallagan, chim ustida xokkey boʻyicha oʻtkazilgan Qoraqalpogʻiston chempionatida 1-oʻrin sohibi boʻlgan 28 nafar qizlarga velosipedlar va ularning 2 nafar murabbiylariga esa televizorlar sovgʻa qilindi.

Ushbu tadbirlardan keyin boshlangan sessiya majlisida Oliy Majlis Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Botir Matmurodov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmita raisi Shukurla Otaniyozov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Nurlan Yerlepesov hamda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiya ishiga tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev raislik qildi hamda olib bordi.

Sessiya kun tartibiga “Amudaryo tumani hokimining 2020-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga hamda kelgusi yilgi rejalariga bagʻishlangan murojaati toʻgʻrisida”gi masala qoʻyildi.

Kun tartibidagi masala yaʼni, Amudaryo tumanida 2020-yilda amalga oshirilgan ishlar, 2021-yilga moʻljallangan rejalar toʻgʻrisida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashevning murojaati tinglandi.

Taʼkidlanganidek, qator qiyinchiliklari bilan tarixga aylanayotgan 2020-yilda ham tuman aholisining mehnatlari natijasida barcha sohalarda salmoqli yutuqlarga erishildi. Tumanda pandemiya davrining murakkab shart-sharoitlariga qaramasdan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning belgilangan prognoz koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha zarur choralar koʻrildi.

Jumladan,  sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 379,4 mlrd. soʻmni, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 624,1 mlrd. soʻmni, investitsiyalar 266,9 mlrd. soʻmni, qurilish ishlari 147,8 mlrd. soʻmni, chakana savdo hajmi 434,8 mlrd. soʻmni, xizmatlar 217,6 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan sezilarli darajada oʻsishiga erishilgan. Shuningdek, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2020-yilning 1-noyabr holatiga 1279 ta jismoniy va yuridik shaxslarga jami 48 mlrd. soʻm miqdorida tijorat banklar tomonidan kredit mablagʻlari ajratilgan.

Tuman hokimi taʼkidlaganidek, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida yil boshida 90 mlrd. 341 mln. soʻmlik 56 ta loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgan boʻlsa, shundan bugungi kungacha 88 mlrd. 219 mln. soʻmlik 67 ta loyihalar ishga tushirildi va 407 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Jumladan, sanoat sohasida 44 mlrd. 907 mln. soʻmlik 26 ta loyiha, qishloq xoʻjaligi sohasida 7 mlrd. 570 mln. soʻmlik 8 ta loyiha, xizmatlar koʻrsatish sohasida 35 mlrd. 742 mln. soʻmlik 33 ta loyihalar ishga tushirilib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 51 foizga koʻpaygan.

Sultonboy Yoʻldashev oʻz hisobotida tuman mahalliy byudjetining tushumlari rejasi 80,5 mlrd. soʻm belgilangani, 1-dekabr holatiga 82,1 mlrd. soʻmga, yaʼni yillik reja 102 foizga bajarilgani xususida maʼlumot berib, kichik sanoat zonasida amalga oshirilgan loyihalar, mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalar hamda tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yaratilgan imkoniyatlar, qulayliklar haqida soʻz yuritdi.

Eʼtirof etilganidek, bu boradagi samarali ishlar natijasida import hajmi 2020-yilning 11 oyida 2 mln. dollarni, yaʼni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 111,1 foizni tashkil etib, 11,1 foizga koʻpaygan. Eksport hajmi esa 8,2 mln. dollarni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 108 foizga yetgan. Shuningdek, 2020-yil 1-dekabr holatiga belgilangan dastur asosida barcha manbalar hisobidan 43 mlrd. 19 mln. soʻmlik investitsiyalar va boshqa mablagʻlar oʻzlashtirilib, reja 69,3 foizga bajarilgan. Undan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori yuzasidan tumanda 2020-yilda jami qiymati 18 mlrd. 200 mln soʻmlik loyihalar amalga oshirilgan.

Hisobotda tumanda ijtimoiy yoʻnalishlardagi, jumladan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash sohalarida amalga oshirilgan samarali ishlar, qurilish-taʼmirlash, obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini taʼminlash borasida yoʻlga qoʻyilgan chora-tadbirlar, bartaraf etilgan kamchilik va muammolar haqida ham axborot berildi. Shuningdek, maʼruzada 2021-yil va keyingi yillarda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirish zarur boʻlgan dasturiy va maqsadli vazifalarga keng toʻxtalib oʻtildi.

Tuman hokimi kelayotgan 2021-yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 77 ta loyihalarda 457 mlrd. 460 mln.soʻmlik investitsiyalar jalb qilinishi, shundan, sanoat sohasida 380 mlrd. 194 mln. soʻmlik 24 ta, qishloq xoʻjaligi sohasida 30 mlrd. 846 mln. soʻmlik 28 ta, xizmatlar koʻrsatish sohasida 46 mlrd. 420 mln. soʻmlik 25 ta loyhalar ishga tushirilishi rejalashtirilayotganini maʼlum qildi. Shuningdek, tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subʼektlarini qoʻllab-quvvatlash hamda 300 taga yaqin yangi tadbirkorlik subʼektlarini tashkil etish orqali byudjet tushumlari 120 mlrd. soʻmga yetkazish, buning uchun asosan eksport hajmini oshirish koʻzda tutilayotgani haqida soʻzladi.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish orqali tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish koʻrsatkichlarini yanada yuqori koʻtarish, aholi farovonligini oshirish koʻzda tutilayotgani taʼkidlandi.

Kun tartibidagi masala boʻyicha tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashevning hisobot maʼruzasi yuzasidan oʻtkazilgan savol-javob va muhokamalarda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda doimiy komissiyalar masʼullari ishtirok etdilar. 

Amudaryo tumani hokimining 2020-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda kelgusi yilgi rejalariga bagʻishlangan murojaati boʻyicha deputatlar, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda tegishli soha masʼul xodimlari tomonidan bildirilgan taklif, fikr va mulohazalar inobatga olingan holda, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining qarori qabul qilindi.

Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Sessiya yakunlangach, Amudaryo tumani hokimining 2020-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga hamda kelgusi yilgi rejalariga bagʻishlangan murojaati yuzasidan sektor rahbarlarining jurnalistlar bilan matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Qoraqalpogʻiston boshqarmasi masʼullari, Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari, yaʼni “Taraqqiyot koʻzgusi” hamda “Mening oilam” gazetalari, Amudaryo televideniyesi, Amunews.uz veb-sayti, “Jayxun sadosi” internet radiosi tahririyatlari jurnalistlari va muxbirlari ishtirok etdilar. Jurnalistlar tuman hokimiga 2020-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2021-yilda koʻzda tutilgan vazifalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar.

Jumladan, Amudaryo telekanali muxbiri, tuman Kengashi deputati Oybek Begimov koronavirus pandemiyasi sharoitida ham tumanda 2020-yilning 1-dekabr holatiga mahalliy byudjetga 82,1 mlrd. soʻm tushum boʻlganini, bu yillik rejadan ancha yuqori ekanini taʼkidlab, mahalliy byudjetning ortiqcha bajarilishi hisobidan tushum boʻlgan pullarga qanday maqsadlarga sarflangani, dekabr oyidagi byudjetning ortiqcha bajarilgan qismiga qanday ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilayotganini soʻrab savol berdi.

Tuman hokimi ushbu savolga javoban qoʻshimcha mablagʻlar hisobidan 2 mlrd. soʻmlik ishlar amalga oshirilganini aytib, bu mablagʻlarning yarmi “Mehr-saxovat” jamgʻarmasiga  yoʻnaltirilganini, qolgan qismiga esa aholini elektr energiyasi bilan taʼminlash koʻrsatkichlarini yaxshilash maqsadida 10 dona transformatorlar va maxsus texnikalar xarid qilinganini, shuningdek, ijtimoiy soha obʼektlarida qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotganini aytib oʻtdi.

Matbuot anjumanida ishtirok etayotgan Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi muxbiri, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Robiya Yoʻldosheva tuman hokimiga kelgusi yilda taʼlim sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgani, investittsiya va boshqa dasturlar doirasida nechta maktabgacha taʼlim tashkilotlari qurilishi va taʼmirlanishi koʻzda tutilayotgani xususida savol berdi. 

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻyicha jami 6 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 13 mlrd. 887 mln. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilganini, bugungi kunda rejadagi qurilish-taʼmirlash ishlari 97,2 foizga bajarilganini taʼkidladi. Kelgusi yilda ham ushbu ishlarni samarali davom ettirish, yangidan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish, taʼlim sohasini rivojlantirish borasida tegishli chora-tadbirlar rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.

“Mening oilam” gazetasi muxbiri, jurnalist Oygul Rajabova kelgusi yilda tumanimizda aholini tozalangan ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini oshirish boʻyicha qanday ishlar qilinishi, bu boradagi rejalar xususida soʻradi. Amunews.uz veb-sayti muxbiri Ozoda Xudoyberganova 2020-2023-yillar davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish maqsadida qabul qilingan Prezident qarori bilan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati tasdiqlangani, ushbu manzilli roʻyxatga Amudaryo tumanidan kiritilgan loyihalarning amaliyotga tatbiq qilinishi qanday bosqichda borayotgani xususidagi savol bilan tuman hokimiga murojaat qildi. “Jayxun sadosi” internet radiosi muxbiri Maftuna Hojiboyeva esa Amudaryo tumanida joriy etilgan klaster tizimi, ushbu tizimning afzlliklari xususida savol bilan murojaat qildi.

Shuningdek, seminarda “Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasi muxbiri Gulnora Juginisova umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini maktabga va maktabdan uyiga eltib qoʻyish uchun avtobuslar tashkil toʻgʻrisida, “Kar24.uz” veb-sayti muxbiri Akmal Sirojaddinov Mangʻit shahridagi “Dehqon bozori” hududini kengaytirish hamda bozor hududiga avtoturargoh qurib, avtotransport vositalarining harakatini tartibga keltirish masalasida, shuningdek, “Yel xizmetinde” gazetasi muxbiri Sultonbek Ziyayev Koʻzi ojizlar jamiyatining Amudaryo tumani boʻlimi binosini inventarlar bilan taʼminlash hamda mazkur binoda tabiiy gaz taʼminotini yaxshilash masalalarida savollar bilan tuman hokimiga murojaat qildi.

Matbuot anjumanida tuman hokimi S.Yoʻldashev jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan barcha savollarga  atroflicha, batafsil javoblar berdi. 

Matbuot anjumanidan keyin mehmonlar tumanning Tosh yop ovuli “Obod qalʼa” aholi punktida joylashgan “Zebo” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimida ishtirok etdi.

100-oʻringa moʻljallangan mazkur muassasada bolajonlarga rus va ingliz tillarida muloqot qilish koʻnikmalari oʻrgatiladi. Shuningdek, jajji qizaloqlar uchun gimnastika toʻgaraklari tashkil qilinadi.

Muassasada tarbiyalanuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan boʻlib, sogʻlom ovqatlanish ratsioniga muvofiq 3 mahal issiq ovqat beriladi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotining tashqi tomonida esa bolalar uchun oʻyin va sport maydonchalari, ertaklar shaharchasi hamda yozgi ayvonchalar zamon talabi darajasida qurilgan.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar ovul ahli va bolajonlarni yangi muassasaning ish boshlagani bilan qizgʻin muborakbod etdilar.

Tuman hokimligi Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019